#Bismillah ☺️
#Otamga
27 yil farzandlari uchun ko‘ksini qalqon qilgan otam. Biz deya qaddingiz kamon qo‘llariz qamariqlarga to‘la bo‘ldi. Allohim ajru savobini to‘la to‘kisligicha bersin. Siz men uchun dunyodagi eng yaxshi otasiz. Sizni biz uchun qilganlaringiz haqqini ado etaolmasam kerak. Ammo harakat qilaman. Menga bergan baxtli bolaligingiz. Va yetuk kelajak uchun Avvalo Allohga shukrlar va sizga raxmat aytib qolaman. Ota oz qoldi nasib qilsa kiraman, endi suyanch bo‘lish navbati menga keldi. Kechiring ota bilib bilmay ko‘nglingizga ozor bergan bo‘lsam. Albatta biz ojiz bandamiz. Ammo sizning otalik mehringiz, farzandingiz xatosidan ulug‘roqdir. Ota niyatlarim sizga va onamga bag‘ishlangan. In Shaa Alloh farzandli burchimni to‘laligicha o‘tayman. Menga bergan mehringiz o‘zizga bir necha barobar qilib qaytarishga harakat qilaman. Umidim bor Qiyomat kunida Boshingizga Nurdan toj kiydirishga. In Shaa Alloh bunga xarakat qilyabman Nasib qilsa erishaman ham. Sizdek otam borligidan doim fahrlanib yashadim. Endi maqsadim mendek o‘g‘lingiz borligidan fahrlanib yashashingizdir. Ota boringizga shukr. Sizni yaxshi ko‘rib qoluvchi o‘g‘lingiz☺️
#Yetib_Bormagan_Maktub
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев