Axir besh yillik muhabbati mana bir oy bo'libdiki o'zgarib qolgandi. Siqilib ketganidan ko'chaga chiqdi. Najotga yana tel qildi. U esa go'shakni olmasdi. Hech narsani tushunmas edi. Axir o'sha yigitni deb hatto uyidagilari bilan janjallashishgacha borgandi.Biroz yurgandek bo'ldi va tasodifan Najot bilan har doim uchrashadigan xiyobonga kelib qolganini o'zi ham sezmay qoldi. To'g'rida turgan o'rindiqqa o'tirdi va o'zi yoqtirgan musiqani eshita boshladi. Yolg'izlik biroz bo'lsada qalbiga sokinlik olib kirdi.
Oradan biroz vaqt o' tgach najotga yana bir bor tel qildi.
-aloooo
-assalomu aleykum najot aka
-volekum assalom
-tuzukmisiz??? Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermayabsiz????
-ha yaxshiman. Ishlarim ko'p. Bezovta qilmagin.
-xo'p. Sizni sog'indim. Bugun uchrashaylik. Axir bir oy bo'ldi ko'rishmaganimizga...
-yo'q. Ishlarim bor.
- Yana o'sha xiyobondaman kelasizmi???
Najot esa go'shakni qo'yib qo'ydi..
Sora ancha paytgacha kutdi.. Lekin najot kelmasdi...
Nailoj kun ham qoralab qoldi..
Uyga qaytish kerak. Sora o'rnidan turdi va uyi tomon yo'lga tushdi.Atrofda sevishganlar. Va birdan ne ko'z bilan ko'rsinki Najot alla qanday qiz bilan qo'l ushlashib turgandi.
Avvaliga ketmoqchi bo'ldi.
Yo'q. G'urur ustunlik qildi va ular tomon yurdi.
Sora:-Najot aka kim bu????
Najot:- Sora uyingga bor. Keyin gaplawamiz.
Sora:- Yo'q xozir gaplashamiz...
Najot:-mani sanga gapim yo'q.
Sora birdaniga Najotni yuziga tarsaki tortib yubordi.
Sora:- odammaskansiz....
Shunday deya Sora ulardan uzoqlashdi...
Najot esa o'ziga shivirlab qoldi:- ha odammasman. Odamzod buncha dardni ko'tara olmaydi.
Sora yo'l bo'yi yig'lab ketdi...
Nega yig'lamasin. Axir shu yigit uchun dunyolarga qarshi chiqqan edi.
Oradan bir yil o'tdi. Sora bu vaqt ichida ko'p qiynaldi.
Oxiri taqdirga tam berib turmushga chiqdi. U farzand kutyotgandi.
Lekin o'tgan vaqt ichida Najotni o'ylamagan kuni bo'lmadi. Bu tunda ham uni o'ylab soatni tungi ikki bo'lganini bilmay qoldi.
To'satdan uni dard tuta boshladi.
Sora:- umar akaaaaa.
Umar:- xa nima bo'ldi. Uxlamisanmi?
Sora:- turing mazam bo'lmayabdi..
Sorani shifoxonaga olib ketishdi. Yo'q bu tunda uni ko'zi yorimadi.
Uni shifonada olib qolishdi va 6 palataga joylashtirishdi.
Ne ko'z bilan ko'rsinki o'sha bir yil oldin Najot bilan ko'rgan qiz ham shu palatada edi.
Oradan uch kun o'tdi. Va bu vaqt ichida ular dugona bo'lib olishdi.
Sora to' satdan gap boshladi.
Sora:- bilmadim birinchi marta bo'lgani uchunmi rosa qo'rqyabman. Ishqilib bolam sog' omon tug'ilsinda ra'noxon.
Ra'no:- xavotir olmang manda xam birinchi marta shunday bo'lgan..
Sora ra'noni javobidan ajablandi. Qanday??? Axir ra'noni bir yil oldin Najot bilan ko'rgandi.
Va to'satdan Ra'noni turmush o'rtog'i pastdan ra'noni chaqirib qoldi. Ra'no deraza tomon yurdi.
Sora ham najotni rosa sog'ingandi. Balkim ko'rgisi kelgani sababli deraza tomon yurdi.
Tashqarida esa Najot emas butunlay boshqa odam turardi.
Ancha vaqtgacha aytolmay yurdi va oxiri so'radi.
Sora:- Ra'no Najotga turmushga chiqmadizmi???
Ra'no:- bilasizmi?? Mani kechiring. Man najotni tog'asini qiziman. Najot iltimos qilgani uchun o'sha kuni rol o'ynashga majbur bo'ldim.
Aslida esa u saratonga chalingan edi sizni qanday qilib o'zidan sovutishni bilmadi. Va oxiri mandan iltimos qildi. Boshida norozi bo'ldim. Keyin sizni baxtiyiz va uni muhabbati uchun majbur bo'ldim...
U endi oramizda yo'q. O'lganiga esa 6 oy bo'ldi..
, 🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀🥀
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев