Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor, Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor, O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim, Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor. Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar, Oy botgan yoqlarga termulib shomlar. Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar, Fayzullodek mardi maydonlaring bor... Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor, Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor. Osmonlaringda ham diydoringga zor, Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor. Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni, Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni, Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini, Olislarda qolgan Usmonlaring bor. Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, Ana, yurishibdi k