Bu tuyg'uni inson zoti borki umrida bir marta bo'lsa ham his qiladi. Sog'inch azobini tuymagan inson bu yorug' olamda bo'lmasa kerak. Ha men ham seni bugun juda sog'indim. Aslida har kuni sog'inaman, lekin bugun sog'inchlarim chegaradan chiqib ketdi. Hayollarimni o'g'irlagan hayotimni zulmatga aylantirgan o'sha mash'um kun har kunni hotirasi yurak bag'rimni tirnaydi. Har kuni sen xaqingda o'ylashim tunlarni bedor o'tqazishga majbur qiladi.
Sevgi- bormi o'zi bu dunyoda sevgi degan tuyg'u? Nega biz kimnidur qattiq sevamizu uni visoliga yetolmaymiz. Layli-Majnun, Farxod- Shirin, Toxir-Zuxro, Otabek- Kumush nimaga ular ham birga bo'lisholmagan. Bu birgina bizda emas butun dunyoda bor haqiqatku!!! Romeo va Juliettaga ham bu baxt nasib qilmagan. Nimaga sevgi haqida eng buyuk asarlarda uning intihosi ayanchli yakun topadi. Balki bobo kalonlarimiz sevgi azobini his qilib avlodlarim bu tuyg'udan aziyat chekmasin deb, shu asarlar orqali bizni ogohlantirmoqchi bo'lishgandir.
Bizning sevgi qissamiz ham nihoyasiga yetmay qoldi. Bunga seni bardoshing yetmadi va oson yo'lni tanlab indamasdan tashlab ketding. ? Nahotki meni yomon ko'rsang nahotki menga sizni hechqachon tashlab ketmayman degan so'zlaring yolg'on edi?!😔😔😔
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев