" Assalomu aleykum oyijon yaxshi yuribsizmi ishlaringiz joyidami, akalarim ukalarim bormi yo`qmi bilmaymanu ular ham yaxshimi dadajonim yaxshimilar? Siz meni bolalar uyiga tashlab ketgan bo`lsayiz ham men sizni hali hamon yaxshi ko`raman bilasizmi oyijon bu yerda meni opa singilarim aka ukalarim bor ular meni juda juda yaxshi ko`rishadi biz bir birimizni xafa qilmaymiz hammamiz ahil inoq yashaymiz. Sizga bu gaplarni qizig`i bormi bilmadimu ammo aytib o`tgim keldi meni sog`liqlarim joyida kiyimlarim butun, vaqtida ovqatlanib vaqtida yuvinib yuraman. Lekin lekin… lekin,,, vaqtida uxlolmayman kechalari deraza oldida o`tirib sizni kutib yig`lab chiqaman… biz hammamiz biz birimizga sezdirmasdan yig`lab chiqamiz lekin yosh bo`lishimizga qaramasdan ko`z yoshlarimizni berkitib olamiz. Kecha kecha tarbiyachimiz menga sen oyinga o`xshaysanmi dadangami deya savol berdi yig`lab yubordim men sizlarni hatto eslolmasam ham kimga o`xshaganimni bilolmaymanu oyijon rosa yig`ladim. Yomg`ir ham ko`z yoshimga qasd qilganmi bilmadimu lekin sira to`xtagisi kelmaydi ko`z yoshlarim oqib borar ekan yomg`ir ham shunchalar kuchli yog` boshladi. Oyijon sizni juuddaaa juuddaa sog`indim qachon kelasiz? Oyijon utunib so`rayman meni bu yerlardan olib keting… ishoning sizga umuman xalal bermayman yig`lamayman, ishlarizga yordam beraman ukalarimga qarayman nimaaa desayiz hammasini bajaraman aqlli qizcha bo`laman oyijon. Oyijon iltimos olib keting hamma narsam yetarli olib ketsayiz bo`ldi. Faqat yonizda olib yurib "Qizim” desaiz bo`ldi shu so`zizdan boshqasi kerak emas oyijon oyijon iltimos keeling olib keting. Menga qo`g`irchoqlar kerak emas yonizda yursam bas. Meni qizim desayiz dunyo menga kerakmas. Oyijonnn har kuni sizga xat yozaman nega kelmaysiz? Yoki xat tashivchi amakilar xatlarimni sizga yetkazishmayaptimi oyijon keeling ununib surayman. Qarang sizga atab sher yozdim men shoira emasmanu tarbiyachimizni aytishlaricha menda istedod bor ekan. Katta bo`lsam sizga atab kitob chiqaraman lekin lekin ismingizniyam bilmasam meni olib ketmasangiz qanday nomlayman oyijoonn.
Gulzor ichra gullar terdim onamga deb
Parvarishlab avayladim onamga deb
Xona ishra ochilgan gul bir bir so`ldi
Bu qizingiz yig`lay yig`lay ado bo`ldi…
Bugun kelar deya kutdim onajonim
Olib ketar deya kutdim otajonim
Bor ekanmi himoyachim akajonim
Yo bormikan menga sirdosh opajonim
Ukam bormi? Singlim bormi bilolmayman
Kecha kunduz yig`laymanu kulolmayman
Nega endi? Men ham baxtli bo`lolmayman
Otajonim onajonim olib keting…
Uyingizmas menga mehr bo`lsangiz bas
Bolam degan so`ziz kerak boylik emas…
Sherimni davom ettirardimu oyijon doktorlar kelishdi ukolimni olmasam bo`lmas ekan…. Doctor amakini gaplarini to`satdan eshitib qoldim ishoning oyijon gap poylash niyatim yo`q edi bilmasdan eshitib qo'ydim oyijon kechiring poyloqchi ekan deb mendan xafa bo`lmang… aytishlaricha men rak ekanman rak nimaligini bilmadimu oyijon ammo bir oylar yashar ekanman ko`z yosh menga mumkin emas ekan lekin ularga yashirib har kuni yig`layman siz kelmasangiz menga hayotni nima keragi bor oyijon. Mayli oyijon shu bir oy ichida bir marta bo`lsa ham uzoqdan bo`lsa ham kelib keting. Bir marta bag`rizga bosib meni qizim deng oyijon. Mali xayr oyijon o`zingizni ehtiyot qiling meni tashlab ketgan bo`lsaiz ham men sizni juda juda yaxshi ko`raman. Dadajonimga salom ayting opa singillarim aka ukalarim bo`lsa meni nomimdan o`pib qoying oyijon sizlarni juda yaxshi ko`raman… oyijon kechasi bilan hech qayerga sig`madim bolalar uyiga, xonamizga xatto kiyimimga ham qizib ketaverdim ketaverdim…
Derazaga ko`p tikildim kelmadingiz
Biron bora hatto holim so`rmadingiz
Tashlab ketish uchun meni tug`ganmidiz?
Xayr oyi so`ngi kunim kelmadingiz…
Umrim shuncha qisqa ekan bilmay o`sdim
Yetti yoshda rak ekanman bilmadingiz.
Meni shuncha yomon ko`rasizmi oyi
Men ketyapman so`ngi kunim kelmadindiz.
Jannat sari qadam qo'yib ketdim oyi
Kutmoqlikdan ozod bo`lib ketdim oyi
Endi sizni Jannatda kutaman……
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3 316
↓↓↓•Bσ'яιλαя zαмιηι•Anibal•Bravo•↓↓↓
Rahmat
↓↓↓•Bσ'яιλαя zαмιηι•Anibal•Bravo•↓↓↓
Raxmat
ETGANEZ KELSIN BIRODAR
XAMANI ONAJONISIGA XAJ SAFARLARI NASIB QILSIN OMIN...
raxmat inxoolox hammamiz mana wunday orzuimizga eriwaylik
KATTAKON RAHMAT
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor
yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin
kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab
ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab
ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh
yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar
yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar
do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar
do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki... ko‘changdan bir-bir
o‘tgaydir.
...Ещё
Onang ketsa savlatlaring ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor
yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin
kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab
ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida sinab
ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh
yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar
yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar
do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar
do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki... ko‘changdan bir-bir
o‘tgaydir.
Otalar sha'niga loyiq so'z demoq
Tabarruk bir kitob yozish bilan
teng.
Ularning mehri-ku,bamisli charoq,
Bag'ri ham yulduzli osmon kabi
keng.
Sharqona tashbehni olsam gar
yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib,avlodga
Bus-butun yetkazgan otalar,axir.
Yuksak-yuksaklarga uchgan sor
lochin
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq uchun
Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Non,degan farzandning dardli
xitobi
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum zardobi
Sochlari qirovdek ko'pirib chiqqan.
Taxti Sulaymonddan balanddir
beshak
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo'ldi,o'lim yo'q
demak
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Men ko'kka termulib kutmasman
madad
Do'st izlab har yonda kezmasman
sarson.
Do'stu madadkor ham otadir abad,
Shoni-shoning erur,armoni-armon.
werlar chiroyli tasirli ekan ofarin tassano
kapirovat
Ka'ba qopqasida turgan,ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin
qo'llarin
Hojar onamizning nidosi sabab
Ka'bada ko'z ochgan Obi Zam-zam
ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg'ambarlar ko'zlarida
nam.
Qavmimni ranjitib qo'ymayin,ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bag'riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar aytgan,muloyim.
Sho'rlik odamzodning tolei uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora,gunohlardan pok bo'lgay
ochun,
Onalar o'tinchi topib ijobat.
Ka'ba qopqasida turgan,ey posbon,
Avval onalarning ochgin yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin
qo'llarin.
Kimdir savol berdi:-
Aytgil,Muhammad,
Yolg'iz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga ko'p yaxshilik aylay,o'zing
ayt,
Ota-onamgami yoxud bolamga.
Rasul javob qildi:-Tingla birodar,
Gapimni bir bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
Eng avval onangga yaxshilik qilgil.
Shu hikmat sharhini o'yladim uzoq-
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham
padarmiz,biroq
Onadan tug'ilgan payg'ambarlar
ham.
Sizning so'zingizda ajib ma'no bor,
Bag'ringizga tortar so'zingiz sehri.
Men bildim sizningsiz keng duyo
ham tor,
Jo'shar qalbingizda onalik sehri.
Shoir bolam deysiz, sho'h bolam
deysiz,
Onajon erkalang olam quchaman.
Issiq yuzim deysiz, qalqonim deysiz,
Yuksak parvoz tilang baland
uchaman.
Orzularim ro'yob duo qilsangiz,
Doimo yo'limda bo'lgaydir madad.
Qalbimda bir istak agar bilsangiz,
Allohim asrasin sizni toabad.
Onajonim mening, oftobim mening,
Aytay boringizga ming bora shukur.
Mehribonim, mohim, tobonim
mening,
Bosh egib aylayin sizga tashakkur.