Osmonga uchaman laylak qor tomon.
Sen tomon yetaklab beg'ubor qorni.
Eslataman jonginam o'zim borligim.
Shunda sen eslaysan o'tgan kunlarni.
Laylak qorni quchoqlab o'ksib yig'laysan.
Qor tegar yuzingga meni eslatib.
Shunda ham yig'laysan bag'ring tig'laysan.
Qachonki men o'lsam yomg'ir bo'laman...
Ustingga to'kilib o'zim eslatib.
Ho'l qilaman qora sochingni.
Butun vujudingni namga to'ldirib.
Shunda sen eslaysan yetim sevgimni.
Yomg'irga termulib to'yib yig'laysan.
Yomg'ir oqar yuzingdan meni eslatib.
Yig'laysan sababin o'zing bilmaysan.
Qachonki men o'lsam quyosh bo'laman...
Quritmoqchi bo'laman ustu boshingni.
Kelaman nur bo'lib yoningga jonim.
Shu nur bilan artaman ko'zu yoshingni.
Shunda sen eslaysan mening borligim.
Yig'laysan vujuding o't bo'lib yonib.
Nur istar yuzingga olovdek bo'lib.
Ko'z yoshlaring to'xtamas mehrimdan qonib.
Qachonki men o'lsam bulut bo'laman...
Ortingdan soyadek yuraveraman.
Qayoqqa bormagin jonginam meni.
Bulutni sen tomon buraveraman.
Shunda sen eslaysan sevgilim meni.
Ko'zingdan yoshlaring to'xtamay yig'lab.
Men senga soyadek bo'lganim eslab.
Osmonga yolvorasan qayt jonginam deb.
Qachonki men o'lsam tun bo'laman...
Qorong'u bo'laman senga boraman.
Sen esa uxlaysan orom olasan.
Men esa yoningga kirib olaman.
Tunda ham yig'laysan armonim meni.
Tushlaringda eslaysan orom olmaysan.
Qorong'udan qo'rqasan zor qaqshab jonim.
Tonglarni kutasan uyqu bilmaysan.
Qachonki men o'lsam kunduz bo'laman...
Yoritaman yo'lingni yorug' qilaman.
Yoningda yuraman qo'lingdan tutib.
Sen esa sezmaysan chunki men yo'qman.
Shunda sen eslaysan mening o'zimni.
Ko'zingdachi hamon yosh kulgu bilmaysan.
Kunduz esa umuman menga yoqmaydi.
Chunki kunduzda sen ko'proq yig'laysan.
Qachonki men o'lsam zamin bo'laman...
Bag'rimga olaman qadamlaringni.
Qiynamayin deysanu asta yurasan.
Men esa sanayman odimlaringni.
Ohista yig'laysan sekin yurasan.
Eslaysan men bilan yurgan yo'llarni.
Sog'inasan qumsaysan mening o'zimni.
Tinmayin qarg'aysan daydi yillar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев