Olis yurtlarda men qadringiz bildim, Onajon sog'indim, sog'indim sizni Har tong issiq non yo'q dasturxonimda, Oromim yo'q na kunim, na tunimda. Garchi shuncha yaqinlarim yonimda, Onajon sog'indim, sog'indim sizni Hayolimdan ketmas har-bir so'zingiz, Tushimda ko'raman nurli yuzingiz. ,,Bolam- qayda bo'lsang omon bo'l" deysiz, Onajon sog'indim, sog'indim sizni Omadim, baxtimni so'rab xudodan... Bilaman, qo'lingiz tushmas duodan, Qanday qarzim uzay siz mehridayodan? Onajon sog'indim, sog'indim sizni Xayot o'z yo'lida etadi davom, Baxtimga sog'-omon bo'ling avvalom, O'g'lingizdan sizga sog'inchli salom, Onajon, sog'indim sizni__________________________________________________onajon sizni sogindim_____________________
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3