Közlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning ota-onasi har kungidek özaro janjallashishardi.Ular qizchaning uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib turgan tört yoshli qizcha yig'lab yubordi. Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida bölgan so'zlar bilan haqorat qilayotgan er-xotin bolaga e'tibor berishmasdi: - Siz men uchun nima qilib qo'yibsizki,menga baqirasiz? -O'chirovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yo'qol bu uydan.Menga senham, bolang ham kerakmas. -Nima dediz? Hali bolamni olib yo'qolaymi? Mayli,ketsam, o'zim ketaman! Bu uyga yolg'iz kelganmanmi, yolg'iz ketaman!Bola bitta meniki emas,tug'dirib qo'ydizmi, tak shto eplab boqingendi! Ayol shunday dedida jahl bilan xonasiga kiribketdi. Xuddi shu taxlit ota ham tashqariga chiqib ketdi. Qizcha esa hamon yig'lardi. U endigina to'rt yosh bo'lsada, ota-onasiga kerak emasligini, ularga ortiqchalik qilayotganligini tushunib turardi.Chunki deyarli kun ora shunday janjallar yuz berardi. Qizaloq nima qilishni bilmas, u ham ko'chaga chiqib ketishni va uyga hechqachon qaytmaslikni istardi.Onasining yoniga kirmoqchi edi,yo'qol ko'zimdan degan javobni olgach nihoyat ko'chaga chiqdi.Qizaloq qayerga borishni bilmas,yagona biladigan joy narigi mahalladagi buvisining uyi edi.Qizcha buvisining uyi tomon ketarkan öylardi:"Buvim meni yaxshi ko'radi, meni haydamaydi,agar uydan ketib buvimni yonida yashasam, adam oyimni urmaydi,oyim ham boshqa yig'lamaydi.Men ularga yaxshi qiz bölolmadim..." Shuhayollar ichida ketayotgan qizaloq yonidan chiqib qolgan mashinani sezmay qoldi. Qizcha yöl chetida holsiz yotar, kichkina yuzlariga yosh aralash boshidan qon sizardi.Og'riq kuchli, qiz hatto ovozini chiqarib yig'layolmasdi. Haydovchi mashinaga qattiq urilgan qizaloqni qöliga kötarib olarkan, qizcha ungaqarab achchiq jilmaydi, qonsizib chiqayotgan kichkina lablari bilan sönggi marta pichirladi: "Rahmat amaki... Endi adam bilan oyim hech qachon urushishmaydi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев