Jannatga kalit topgan,
Kulfatga eshik yopgan,
Onasin kaftin o'pgan -
"ONAM" degan do'stlarim!
Hayot yo'llari yorug',
Hayol, o'ylari ulug',
Duodan yiqqan dovrug',
"ONAM" degan do'stlarim!
Sizsiz yigitning mardi,
Yurakdan bu so'zlarim.
Dillarida yo'q dardi,
"ONAM" degan do'stlarim!
Turmushi gul, kul emas,
Mol-dunyoga qul emas,
Axir ular pul emas
"ONAM" degan do'stlarim!
Onasi bor boy bo'lar,
Onasi bor boy ular.
Mehri - toshqin soy ular
"ONAM" degan do'stlarim!
Odamlar orasida
Sizlar issiq yuzlarim!
Yor-ona borasida
"ONAM" degan do'stlarim!
Ne deyman yana desam?
Kam sizga jonim bersam!
Kam bo'lmang hecham, biram,
"ONAM" degan do'stlarim!
Fanoiy sizdan rozi,
Sizlar chin do'stning o'zi,
Siz-la jo'r qalb ovozi,
"ONAM" degan do'stlarim···
https://www.tinkoff.ru/baf/8hIsvqIuisg
https://www.tinkoff.ru/baf/22nkf5EUhQn
https://www.tinkoff.ru/baf/22nkf5EUhQn
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев