Предыдущая публикация
Har kimni bo‘ladi har xilcha didi.
Men uchun eng xushbo‘y ifor dunyoda.
Beshikda jilmaygan chaqoloq hidi.
Hali ochilmagan gul g‘unchasidek.
Latifdir eramning chechalaridek.
Sof erur o‘zining yurakchasidek.
Dillarni yayratgan chaqoloq hidi.
Beshikni tebratar ona baxtiyor.
Yuzida baxtidan nishoralar bor.
Havas-la o‘tadi kelinchak bohor.
Mehrni yaratgay chaqoloq hidi.
Hayotda uchraydi tirnoqqa zor ham.
Bu hid bo‘lar yarim dillarga malham.
Hattoki, befarzand oymomoning ham.
Ko‘ksiga sut bergan chaqoloq hidi.
Tilagim ollohdan yaratgan zotdan.
Hamma bahra olsin, bu ifor hiddan.
Ishora bo‘ladi eng shirin baxtdan.
Beshikda jilmaygan chaqoloq hidi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев