Vujuding olovda erib ketsa ham, Iymonin qatida zayif bo'lmagin. Gunoxlar urchigan kunduzgi kunlar, Shaxfat faryodidan qoraymish tunlar, Do'zaxga bo'lmayin desang o'tinlar, Ko'zi qonga to'lgan shaxid bo'lmagin. Go'zallar o'tarlar ko'zni o'ynatib, Shaytoniy ohangda qalbing kuylatib, Sen shunda ularni g'amgin o'ynatib, Latif shaxfatlarga latif bo'lmagin. Umringa o'rnashsin eng oliy tuyg'u, Faqat islom bo'lsin sen uchun qayg'u, Faqirlar poyida boshing satqayu, Sultonlar nazlida sharif bo'lmagin. Pokiza maslagin chekkanda faryod, Topolmay qolasan tuzuk bir najod, Bir pulga chaqilmas yurtda etiqot, Kufr ahli uchun nazif bo'lmagin. Dunyo arzimaydi yeg'gan zaringa, Yaxshisi shukur qil yo'g'u boringa, Yordam so'rab kelgan birodaringa, Madina bo'lginu toyif bo' lmagin.WWW.SHERLARUZ.CoM - Saytdan olindi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев