Dunyo tashvishidan yurak ezilsa.
G'iybatu tuhmatdan boshing egilsa.
Hol sörab yoningga kelmas hech kimsa.
Odamlarga ne böldi bugun.
Insonlar yöqotdi mehr kuchini.
Dillarda qolmadi ishqning uchquni.
Tunu kun öylaydi faqat özini.
Odamlarga ne böldi bugun.
Agar kimdur qursa imorat.
Döst dushmani qiladi hasad.
Nahotki yöqolgan bölsa oqibat.
Odamlarga ne böldi bugun.
Shirin sözla aldaydi ishonch yöqdir söziga.
Haqiqatni körmaysiz tik qarab ham köziga.
Egri yölni tanlaydi jabr qilib öziga.
Odamlarga ne böldi bugun.
Ozor berib joningga qilmaydi shavqat.
Qilgan ishi ög'irligu bölar jinoyat.
Gar kimgadur ishonsang qilar hiyonat.
Odamlarga ne böldi bugun.
Begonalar nikohsiz töshakda yotsa.
Odamzod odamni buyummdek sotsa.
Iymonni unutib gunohga botsa.
Odamlarga ne böldi bugun.
Bir birin söysalar og'a inilar.
Sochlarin yulsalar opa singillar.
Yer yuzini bosdi shaytonlar.
Odamlarga ne böldi bugun.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев