Предыдущая публикация
Yig'di molu-dunyo, yig'di siymu-zar.
Uni qiziqtirdi na do'stning holi
Va na qo'shnisining o'ksik ahvoli.
U chindan mol-mulkning jilovin tutdi
Faqat nafs ortidan ot surib o'tdi.
Bir kuni ba hukmi taqdiri azal
Shamshirin ko'tarib keldi-ku ajal.
Endi na siymu zar qutqara olur,
Na billur, na gavhar qutqara olur.
Rozi yo norizo, farqi yo'q mutloq
Bunday chog' chorasiz hatto do'st, o'rtoq.
Beshavqat ajalga berar ekan tan
U dedi: "Shu ekan, dunyo shu ekan"
Marhumga marhumlik ko'rilgay loyiq
Uni qabristonga eltdi xaloyiq.
Uyum tuproq bo'ldi quvonchi, g'ami
Kimdir boqib dedi: "Shunga shunchami..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев