1. "Dastxat..."
- Doktor, sizdan bitta iltimosim bor... - Qulog'im sizda. - Men xomilamni abort qildirmoqchiydim... Yordam berasizmi? - Mayli, faqat menda ham bitta iltimos bor. - Qanaqa? - Menga dastxat yozib bering... - Dastxat? Nega? - Chunki, men ilgari hech qachon qotillar bilan uchrashmagandim...
_______________________
2. "Himoya..."
- Ög'lim, nima qilyapsan? - Himoya! - Nima uyimizga kimdir xujum qilyaptimi, piyozlarni derazadan uloqtiryapsan? - Yöq, uyimizda piyoz bölishini xohlamayman - Nimaga? - Chunki siz har kuni piyoz tög'raganingizda yig'laysiz...
________________________
3. "Aka..."
- Senga nima böldi? - Hech nima. Hammasi joyida akajon... - Nega yig'layapsan? - Shunchaki... Men eshitgan qöshiq judayam g'amgin ekan. - O'sha qöshiqchining ismini ayt, tilini sug'urib olaman! (Bu hazil emas, bir vaqtlar aka degani shunaqa edi...)
_____________________
4. "Dunyo..."
- Meni qanchalik sevasiz? - Sen uchun hamma narsaga tayyorman... - Rostdanmi? - Ha. - Butun dunyoni aylanib chiqa olarmidingiz? -...... - Demak sevmas ekansizda? (Yigit javob bermadi va jimgina qizning atrofida yura boshladi) - Nima qilyapsiz? (Yigit qizga yaqin kelib uning qulog'iga shivirladi:) - Men uchun butun dunyo - sensan...!!!
____________________
5. "Tuhfa..."
- Dadajon, bir kun buvimning közlari körmay qolsa, nima qilardingiz? - Ularni shahardagi eng yaxshi shifokorlarga körsatardim, chunki ularni yaxshi köraman ög'lim. - Ular davolay olishmasachi? - U holda dunyoning eng yaxshi shifokorlariga körsatardim. Men onamni yaxshi köraman. - Ular ham davolay olishmasachi? - Unda bir umr onamga g'amxörlik qilardim, chunki ularni yaxshi köraman. - Buvijon, sizchi? Agar dadamning közlari körmay qolsa nima qilardingiz? - Dadangga, öz közlarimni berardim, bolam...
______________________
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев