Nega qon yig'latar gohida taqdir? Nega baxtimiz tökis berilmas? Nega omaddan köprik qurilmas? Nega tonglarni zulmat egallar? Nega orzuni armon tugallar? Nega bu hayotda savollar bisyor? Nega javoblar turmaydi tayyor? Nega quyosh tafti kuydirar gohi? Nega muhabbatning hijrondir oxiri? Nega shunday yaralgan xayot? Nega achchiq azobdan tug'ilar bayot? Nega tog'larning boshida qorlar? Nega yurakning tubida dog'lar? Nega yomg'irlar öxshar köz yoshga? Nega alamlar kelar boshga? Nega daryolar teskari oqmas? Nega umrning bahori qaytmas? Nega baxtni ulasholmayman? Nega yulduzni ushlay olmayman? Nega hayotga kelamiz bir bor? Nega g'amlardan taqamiz tumor? Nega shunday yaralgan olam? Nega barchasiga könadi odam???
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1