O'zi edi juda ham homush.
Masjid ahli undan so'rdilar:
"Bolajonim kelding, ne yumush?"
Shunda bola chuqur xo'rsindi,
Ko'zlariga biroz olib yosh,
Va bolakay javoban dedi:
"Ollohimdan bor edi so'rash.
Ayting bobo, ayting amaki,
Xudo meni eshitadimi?
Bu yerda kim aylasa tilak
Shu tilakka yetishadimi?"
Dedilar: "ayt ne tilaging bor?"
Hayron bo'lib so'z qotdi ular,
"Chin ko'ngildan sof niyat ila
So'rasang gar beradi xudo
So'raganing beradi xudo".
Go'dak shunda qarab qiblaga
Ko'z yoshlarin to'kdi yashirmay.
Jajji qo'lin ochib duoga
Bir narsalar der edi tinmay,
Bir nimalar der edi tinmay.
Shunda ular unga so'z qotdi:
"Duoingni eshitsin hamma,
Sen uchun ham duo qilaylik,
O'tinchingni eshitsa zora".
Ovozini baralla ochib
Dedi: "xudo, ey xudojonim,
Duoimni qabul qil egam
Qaytar meni sen onajonim.
Onamsiz men qanday yashayman,
Yonimda zor yig'laydi ukam.
Aytging xudo nima qilay man?
Nahotki bu dunyo bir kam"..
Murg'ak go'dak zor qaqshab yig'lar,
Duosini davom qilib der:
"Xudojonim, jonginam xudo
Hech bo'lmasa otam qaytib ber,
Otam qaytib ber"..
Masjidga bir tushdi sovuqlik
Hechkim bir so'z kalom deyolmas.
Odamlarning vujudi titrab,
Nechun bilmam omin deyolmas.
Bir on jimib so'ngra yana u:
"Bilmam-der, ular qaytmaydi.
Duolarim qabul qil egam,
Joylarini jannat et mayli.
Lekin erta yana qaytaman,
Javobingni aytasan menga.
Jannatingdan joy bersang agar,
O'yinchog'im beraman senga"..
Qo'llarini tortib ominga
Ko'z yoshlarin artganday bo'ldi,
Qo'llarini qo'yib ko'ksiga:
"Amakijon duoim bo'ldi.
Ayting, xudo meni ko'rdimi?
Tilagimni eshitgandir-a?
Ertaga ham kelsam maylimi?
Mendan jaxli chiqmagandir-a?"
"Bolajonim, udir rahmdil,
Duoingni albat eshitdi.
Inshoolloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi.
Inshoolloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi"...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев