Baland qavatli uylarning birida
faqir bir oila yashardi. Er-xotin va
8 yoshli bolakay. Ota-ona kun
bo'yi ishda, bolakay esa uyda
yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni
soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar
maydonchasida velosiped minib
yurgan tengdoshlariga xavas
bilan qarab o'tirardi. U ham
o'zining shunaqa velosipedi
bo'lishini orzu qilardi. Lekin
oilada bu orzuni amalga oshirish
uchun na pul, na vaqt va hattoki
bolaning orzusini eshitadigan
kishi ham yo'q edi. Bolakay
oilasini velosiped sotib olish bilan
qiynab qo'yishini anglar, lekin
uning bu orzusi juda kuchli edi.
Bir kuni u onasining "Xudo
mehribon, chin dildan nimaiki
so'rasang albatta beradi" degan
so'zlarini esladi. Qog'oz, ruchka
olib, qog'ozlarni yuzlab, minglab
bo'laklarga bo'ldi va har bir
qog'oz parchasiga: "Ey Хudoyim,
menga velosiped ber" deb yozib
chiqdi. Bolakay o'zining chin
qalbdan tilagan orzusi...ЕщёBaland qavatli uylarning birida
faqir bir oila yashardi. Er-xotin va
8 yoshli bolakay. Ota-ona kun
bo'yi ishda, bolakay esa uyda
yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni
soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar
maydonchasida velosiped minib
yurgan tengdoshlariga xavas
bilan qarab o'tirardi. U ham
o'zining shunaqa velosipedi
bo'lishini orzu qilardi. Lekin
oilada bu orzuni amalga oshirish
uchun na pul, na vaqt va hattoki
bolaning orzusini eshitadigan
kishi ham yo'q edi. Bolakay
oilasini velosiped sotib olish bilan
qiynab qo'yishini anglar, lekin
uning bu orzusi juda kuchli edi.
Bir kuni u onasining "Xudo
mehribon, chin dildan nimaiki
so'rasang albatta beradi" degan
so'zlarini esladi. Qog'oz, ruchka
olib, qog'ozlarni yuzlab, minglab
bo'laklarga bo'ldi va har bir
qog'oz parchasiga: "Ey Хudoyim,
menga velosiped ber" deb yozib
chiqdi. Bolakay o'zining chin
qalbdan tilagan orzusi yozilgan
qog'oz parchalarini oltinchi qavat
derazasidan bir-bir tashqariga
socha boshladi. U "Хudoga
qog'ozlarimning biri bo'lmasa
biri albatta yetib boradi va
Xudoning menga rahmi kelib
menga velosiped yuboradi" deb
qalbdan ishonardi. Kunlar o'tib
borar, bola har kuni
qog'ozchalarni derazadan
sochardi. Uning hayoli faqat shu
ishda bo'lib qolgandi. Qog'ozlar
tugasa yangisiga yozishni
boshlardi, darslik daftarlargacha
sarf qildi. Bolakay boshqa hamma
narsani unutib, telbalarcha
qog'ozlarni yirtar, yozar va
derazadan uloqtirardi. Bazan
qog'ozlarga ruchka siyohiga
bolakayning qop-qora ko'zlaridan
tomchilayotgan yoshlar qo'shilib
ketardi. Kunlar o'taverardi,
bolakay har kuni tongda "Bugun
Xudoga qog'ozim yetib boradi"
degan umid bilan yangi ruhda
ishini boshlardi. Va nihoyat bir
kuni eshik taqilladi. Ochsa, 45
yoshlardagi chiroyli kiyingan bir
erkak kishi qo'lida bola chin
dildan erishishni istagan, har
kuni tushida ko'rib chiqadigan
velosiped bilan turardi. Kishining
ko'zlarida allaqanday mungli
jilmayish zohir edi. U yengil
xo'rsinib velosipedni bolaga
uzatdi. "Qog'ozing Xudoga yetib
bordi, o'g'lim, bu senga, maza
qilib min..." Bolakay nima
deyishini bilmasdi. Kishi zina
tomon yurib ketarkan ortiga
o'girildi, uning yuziga bir tomchi
yosh dumaladi. U bolakayga
yuzlandi: "Endi Xudodan, bir
martagina shu velosipedni olib
kelgan amakiga ham farzand ber
deb so'ragin, xo'pmi..."
Комментарии 12
faqir bir oila yashardi. Er-xotin va
8 yoshli bolakay. Ota-ona kun
bo'yi ishda, bolakay esa uyda
yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni
soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar
maydonchasida velosiped minib
yurgan tengdoshlariga xavas
bilan qarab o'tirardi. U ham
o'zining shunaqa velosipedi
bo'lishini orzu qilardi. Lekin
oilada bu orzuni amalga oshirish
uchun na pul, na vaqt va hattoki
bolaning orzusini eshitadigan
kishi ham yo'q edi. Bolakay
oilasini velosiped sotib olish bilan
qiynab qo'yishini anglar, lekin
uning bu orzusi juda kuchli edi.
Bir kuni u onasining "Xudo
mehribon, chin dildan nimaiki
so'rasang albatta beradi" degan
so'zlarini esladi. Qog'oz, ruchka
olib, qog'ozlarni yuzlab, minglab
bo'laklarga bo'ldi va har bir
qog'oz parchasiga: "Ey Хudoyim,
menga velosiped ber" deb yozib
chiqdi. Bolakay o'zining chin
qalbdan tilagan orzusi...ЕщёBaland qavatli uylarning birida
faqir bir oila yashardi. Er-xotin va
8 yoshli bolakay. Ota-ona kun
bo'yi ishda, bolakay esa uyda
yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni
soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar
maydonchasida velosiped minib
yurgan tengdoshlariga xavas
bilan qarab o'tirardi. U ham
o'zining shunaqa velosipedi
bo'lishini orzu qilardi. Lekin
oilada bu orzuni amalga oshirish
uchun na pul, na vaqt va hattoki
bolaning orzusini eshitadigan
kishi ham yo'q edi. Bolakay
oilasini velosiped sotib olish bilan
qiynab qo'yishini anglar, lekin
uning bu orzusi juda kuchli edi.
Bir kuni u onasining "Xudo
mehribon, chin dildan nimaiki
so'rasang albatta beradi" degan
so'zlarini esladi. Qog'oz, ruchka
olib, qog'ozlarni yuzlab, minglab
bo'laklarga bo'ldi va har bir
qog'oz parchasiga: "Ey Хudoyim,
menga velosiped ber" deb yozib
chiqdi. Bolakay o'zining chin
qalbdan tilagan orzusi yozilgan
qog'oz parchalarini oltinchi qavat
derazasidan bir-bir tashqariga
socha boshladi. U "Хudoga
qog'ozlarimning biri bo'lmasa
biri albatta yetib boradi va
Xudoning menga rahmi kelib
menga velosiped yuboradi" deb
qalbdan ishonardi. Kunlar o'tib
borar, bola har kuni
qog'ozchalarni derazadan
sochardi. Uning hayoli faqat shu
ishda bo'lib qolgandi. Qog'ozlar
tugasa yangisiga yozishni
boshlardi, darslik daftarlargacha
sarf qildi. Bolakay boshqa hamma
narsani unutib, telbalarcha
qog'ozlarni yirtar, yozar va
derazadan uloqtirardi. Bazan
qog'ozlarga ruchka siyohiga
bolakayning qop-qora ko'zlaridan
tomchilayotgan yoshlar qo'shilib
ketardi. Kunlar o'taverardi,
bolakay har kuni tongda "Bugun
Xudoga qog'ozim yetib boradi"
degan umid bilan yangi ruhda
ishini boshlardi. Va nihoyat bir
kuni eshik taqilladi. Ochsa, 45
yoshlardagi chiroyli kiyingan bir
erkak kishi qo'lida bola chin
dildan erishishni istagan, har
kuni tushida ko'rib chiqadigan
velosiped bilan turardi. Kishining
ko'zlarida allaqanday mungli
jilmayish zohir edi. U yengil
xo'rsinib velosipedni bolaga
uzatdi. "Qog'ozing Xudoga yetib
bordi, o'g'lim, bu senga, maza
qilib min..." Bolakay nima
deyishini bilmasdi. Kishi zina
tomon yurib ketarkan ortiga
o'girildi, uning yuziga bir tomchi
yosh dumaladi. U bolakayga
yuzlandi: "Endi Xudodan, bir
martagina shu velosipedni olib
kelgan amakiga ham farzand ber
deb so'ragin, xo'pmi..."