Sog‘indim… Har kech o‘tgansamimiy suhbatni.Sog‘indim… Uzun salom beribquvnoq kulishlaringni.Sog‘indim… Beg‘uborligingni,hech hafa qilmas so‘zlaringni,samo mukammal yaratganhusningni, ta’riflab bo‘lmas, doimayb qidirganda ojiz qoladiganhislatlaringni.Sog‘indim… Derazadan osmongatermulib hayol surishingni,yomg‘irni kutishingni, yomg‘irdaesa yo‘qotgan narsasini topibolgan odamdek quvonishingni.Sog‘indim… O‘sha ilk uchrashganko‘chamizni, o‘sha bog‘ni, birinchio‘rindiqdagi birga o‘tirishimizni,uzoq yo‘ldan olib kelinganmuzqaymoqni shoshib yeyishni.Sog‘indim… Yo‘l uzoq bo‘lsada,yayov yurishni, qo‘rqinchliodamni ko‘rsang yonimgayashirinib olishingni.Sog‘indim… Bir avtobusniikkinchi, uchinchi marta kelganiniham o‘tkazib yuborib, bekatdasuhbatlashib o‘tirishni.Sog‘indim… Har safar uchrashuvoldidan kiyim tanlashni. Samimiyko‘rinish uchun oddiy kiyimizlashni. Mashinani uzoqdaqoldirib, yoninggacha yayovborishni, yo‘l–yo‘lakay aytmoqchibo‘lgan gaplarimni yodlab olishni,seni ko‘rgach hammasini unutibqo‘yishni.Sog‘indim… Alamli bo‘lsada,qo‘ng‘iroq qilib, yig‘lab,dardlaringni ishonib aytaolishlaringni.Sog‘indim… Nazar solishga yurakbetlamas jamolingni, qo‘limyetmas qo‘llaringni, birinchi vaohirgi marta qo‘ling tutganimni.Sog‘indim… Do‘stni unutibbo‘larkanmi deyishingni,unutmasdan uzoq vaqt uzoqdayashashni.Sog‘indim… Oq libosda mamnunchehrangni, baxtli ekaningni,unuta olganingni, uzoqlardaekaningni… Doim hursand, baxtli,o‘tmishsiz, kimgadir ishonibyashashing uchun, bir umrsog‘inib yashayman…Sog‘indim… Senchi, eslaysanmihech?..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев