Предыдущая публикация
Men sizga boqmayman o'tavering jim.
Atrofim odamlar bilan liq to'lgan.
Bizni sevgimizni bilmaydi xech kim.
Bugun sevgim yuq, sevgilim o'lgan.
O'zim xam pushaymon qattiy qarordan.
Yuragim sovigan muzlar singari.
Bir kuni ishlarim kelar barordan.
Unutlar buladi qalbimda bari.
Siz jimgina yer chizib o'tavering yor.
Bexosdan sizga xech gaplar otmayman.
Sizdan qolgan o'tmishim buynimdagi dor.
Mayliga ketavering sizni sotmayman.
Chelaklar olib suvga chiqibsiz.
Ko'cha odamlar bilan liq to'lgan.
Zar-zar kuylaklarda sevgim chaqibsiz.
Demak sevgim yuq. Sevgilim o'lgan.
Rustam Qayumzoda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев