Nima ham ko'ribman,men yigit bo'lib?,Sochingni silashga qo'lim yetmaydi.Peshonam shu ekan,peshonang shudir,Tushimga kir,tushlarimga kir!Tavoning o'padi ariqdagi suv,Ko'ylaging etagin o'padi maysa.Men-chi?,bir giyohcha bo'lolmadim-ku,Ey ko'zlari jayron,kiprigi nayza!Peshonam shu ekan,peshonang shudir,Tushimga kir jonim,tushlarimga kir...Ko'chib borayotir bu umr karvon,Kunlarning bo'ynida yurak qo'ng'iroq.Men senga armon-u - sen menga armon,Ko'nglimning to'rida tutar shamchiroq.Peshonam shu ekan,peshonang shudir,Tushimga kir jonim,tushlarimga kir...Kapalakday kelib,qoshingga qo'nib,Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi...Qolding-ku bag'rimda jonimdek bo'lib,Sochingni silashga qo'lim yetmaydi.Peshonam shu ekan,peshonang shudir,Tushimga kir jonim,tushlarimga kir!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 17