08.2015) Disha Ranvirning ofisiga o'g'irlikka kirdi. Ishani mast xolatda Ranvirning xonasi oldiga kelib: - Ranvir eshikni oching, Ranvir oching eshikni.Ranvir Ishanining ovozidan biroz siqiladi, lekin eshikni ochmaydi. Ishani javondan kartochka oladi va eshik qulfiga tutib eshikni ochadi. Xonaga kirib Ranvirga gapira boshlaydi. Ranvir undan ichib oldingmi deb so'raydi. Ishani esa Ranvirda savoli uchun javob berishini so'raydi.Qorovul bo'ynidan guvohnomasini yechib, kiyimini olgani ketadi. Chirag esa vaziyatdan foydalanib, ichkariga kirish guvohnomasini oladi va qorovul joyiga qaytguncha unga bildirmasdan yugurib, ofisga kirib ketadi.Ranvirga kimdir telefon qiladi. Ranvir endi telefonini olaman desa, Ishani uni olib qo'yadi va eshikni ochib uni tashqariga otibyuboradi. Ranvirning bunda jaxli chiqadi.Chirag kirish guvohnomasi yordamida barcha eshiklarni asta ochib kirib boradi vaichkarida turgan sepga ko'zi tushadi. Shu payt ofisga Disha ham Manasning kirish guvohnomasini olib kelib ofisga asta sekin kirib keladi.Chirag sep qulfini ochishga urunadi. Disha ham o'sha xonaga kira boshlaydi. Disha eshikni ochayotganda Chirag uning soyasini ko'rib qoladi va tezda yashirinishga ulguradi.Disha xonaga kiradi va ko'zi sepga tushadi.U sepni ochmoqchi bo'ladi. Chirag uni ko'rib qoladi va o'ylanadi: - Disha! U bu yerda nima qilayapti?Disha sepni ochadi va ko'zi olmoslarga tushadi.Ishani qattiq yo'tala boshlaydi. U Ranvirgagapirgani bilan Ranvir unga etibor bermaganday qo'liga jurnal oladi. Ishani esa jurnalni Ranvirning qo'lidan olib otib yuboradi. Ranvir bundan yana hayron bo'ladi. Ishani esa unga tinmay gapiradi.Disha esa sepdagi olmoslarni olib hursand bo'lib ketadi. Chiragning ham ko'zlari olmosga tushadi. U Dishani chetdan kuzaib turadi. Disha olmoslardan bir necha dona oladi, xaltachasiga solib, boshqa idishdan soxta olmoslarni oladi va olmoslarga qo'shib qo'yadi.Chirag esa telefonida Dishaning olmos o'g'irlayotgan joyida rasmga olib qo'yadi. Rasmga olayotganda telefon fonarigi nuridan Disha qo'rqib ketadi. Chirag asta Dishaning oldiga keladi va ular birgalikda xonadan chiqib ketishmoqchi bo'lishadi. Ishani tinimsiz yo'talishda davom etadi. Ranvir ofisidagi xonani eshigini ochadi. Disha va Chirag Ranvirni ko'rib, darxol yashirinishadi.Ishani: - Ranvir, Ranvir!Ranvir axvoli yomonlashayotgan Ishaniga qaraydi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев