Yuragingiz buncha pok ona. O'zga yurtda ishlab yuribman. Dunyo menga o'yingoh ona. Axvolimni so'rasangiz gar. Xar galgidek xolim chog' ona. Duo qilib sog'lik tilaysiz. Duoingiz asraydi meni. Musofirlik ichra yuribman. Jonim muzlab sovuqda mana. Bugun jindek xayol suribman. Siyratingiz sog'inib ona. Qani endi bir bor tutsaydim. Mehnatlardan tolgan qo'lingiz. Bu yerlarda xech kimsa ona, Bosolmaydi sizni o'rningiz. Bolam qachon kelarsan deya. Mushtoq bo'lib yo'lim poylaysiz. Uzoqlarda g'amimni yeya. Kecha-kunduz meni o'ylaysiz. Xokisorim asrang o'zingiz. Men qaytarman yaqin kunlarda. Yoshlanmasin munchoq ko'zingiz. Orom oling bedor tunlarda. Bu yerlarda pultopdim ona. Lek mehribon topmadim zinxor. Yo'llarimga bo'lgan parvona. Bu dunyoda yahshiyam siz bor. Qaytgim kelar o'z uyimga goh. Sog'inch buncha yomondir ona. O'par tuproq oyoqlaringiz. Tuproq mendan baxtliroq ona. Sur'atingiz qo'limga tutib. Shu sur'atga ovundim ona. Uzoqlarda iztirobyutib. Bugun sizni sog'indim ona.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев