Предыдущая публикация
Balki men ham orzuyimga etardim.
Ona bo'lib men ham "ALLA" aytardim.
Beshik quchib yig'lab o'tayapman doim...
Beshigimga farzand bergin xudoyim...!
Ketayapman.! Onam uyiga qaytib.
Bo'sh beshikka alla bolamni aytib.
Yor qo'liga muxabbatimni tutib.
Beshik quchib yig'lab o'tayapman doim...
Beshigimga farzand bergin xudoyim...!
Chaqaloqni "inga"sini tinglasam...
Ona bo'lib onalikni anglasam.
Eshitarmi tongda turib yig'lasam...
Beshik quchib yig'lab
o'tayapman doim...
Beshigimga farzand bergin xudoyim...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 334
Худога ишонсайз вакти келиб албата фарзанд беради худойм