Предыдущая публикация
Topgan moling qilmas himoya,
Omad ketsa yuz burmaydigan-
Bir chin do'sting bo'lsa kifoya.
Molingamas oringa sherik,
Ham yo'g'inga, boringa sherik,
Umri bo'yi sen bilan tirik,
Bir chin do'sting bo'lsa kifoya.
Faqat nafsi borlardan ko'ra,
Dilmas, tili bollardan ko'ra,
Mingta yolg'on yorlardan ko'ra,
Bir chin do'sting bo'lsa kifoya.
Hech to'lmagan shum nafsning qari,
Dunyo yig'ma, qolgaydir bari,
Xiyonatdan yurguvchi nari,
Bir chin do'sting bo'lsa kifoya. dostlarim baxtimga sog' bolishsin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев