Charchadim der bari baridan
Eshiklarni yoping ortidan
Bu dunyoda borligim bilmang
Bugun meni bezovta qilmang
Mayli g'amdan sharbat ichiring
Hohi keching , hohi kechiring
Istasangiz dildan o'chiring
Faqat aytar zorimni tinglang
Bugun meni bezovta qilmang
Quyosh botib qosh ham qoraydi
Bu keng olam birdan toraydi
Bir men emas yurak so'raydi
Xazil deya " piqirlab " kulmang
Bugun meni bezovta qilmang
Shirin so'zlar achchiqdek go'yo
Qarashingiz sanchiqdek go'yo
Yumshoq yostiq qattiqdek go'yo
Ko'zlar so'qir , quloqlar garang
Bugun meni bezovta qilmang
Bazilardan bezdirdi hayot
Asli o'rnim sezdirdi hayot
Ko'zimdan qon sizdirdi hayot
Tilim tishlab turibman arang
Bugun meni bezovta qilmang
Yurakka ishq quluf taqtirdi
Ishq yurakni dardga chaqtirdi
Yolg'izlikni dilim yoqtirdi
Bu so'zimni o'tinchga sanang
Bugun meni bezovta qilmang
Shodon damda birga kulishdik
Baxt jomidan to'yib suv ichdik
Quvonchimni mayli bo'lishdik
Xech bo'lmasa dardimga tegmang
Bugun meni bezovta qilmang
Rost aytaman emas bu xazil
Bu ko'ngilga sig'mas xatto qil
Sababin ayt ; deyavermang axir
Savollarni bo'ynimga ilmang
Bugun meni bezovta qilmang !!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев