Bundan to'qqiz yil avval. Taniqli arab mamlakatlaridan birining poytaxtida: Majid hali o'n yettiga ham kirmagan bir bola edi.Otasi shahardagi mashhur tijoratchilardan biri edi. Bir kuni Majid uylari oldidagi masjidning imomi bilan tanishdi.Undan Ollohni, Rasululloh (sallollohu alayhi va ssallam) ni sevishni o'rgandi, qalbidagi iymon nurlari go'zal tabassum bo'lib yuzida ko'rina boshladi. Lablari doim tabassum qilib turardi, u otasiga muhabbat bilan halimlik bilan go'zal muomala qilardi.Otasi kelayotganini ko'rsa o'rnidan turar hurmat bilan o'pib qo'yardi.Otasi undagi bu o'zgarishlarni sezdi, u endi Majidning xonasidan chiqadigan baland ovozda qo'yilgan musiqalar ovozini eshitmas edi. O'g'li avvalgidek kiyinmas ovozini baland ko'tarmas, juda ham sokin ko'p vaqtini qur'on tilovat qilish, onasini xursand qilish va Olloh zikri bilan o'tkazar edi.Bu holni kuzatib otaning g'azabi qaynardi. U "Mening o'g'lim intizomli bolalar safiga qo'shilishi aqlga to'g'ri keladimi? Yo'q, yo'q mening qur'on yodlaydigan qattiq tartibli bolam bo'lishini istmayman menga <<klassik>> bola kerak" deb o' ylardi.Bu o'ylar uni aqlini ketkazdi. O'g'liga yomon muomala qilshni boshladi har xil yomon gaplar bilan Majidni siqardi,"Bu nima qilganing? Hozir namoz vaqtimi? kim senga zikr qil dedi? nega qur'on o'qiyapsan? nima kimdir o'lib qolibdimi"? Kabi gaplar bilan o'g'lini bu yo'ldan qaytarishga kirishdi. Majid esa Bomdod namoziga turishni boshladi.Ertalab turib otasini eshigini taqillatar "Dadajon turing namoz vaqti bo'ldi" derdi. Bunday hollardan otasini aqli ketib qolay derdi. Nega unday bo'lmasin! Axir uylanganidan buyon bir ra'kat ham namoz o'qimagan-ku!!Endi mana bu tirrancha o'g'il kelib yarim kechada namoz o'qish uchun uyg'otsa-ya! O'g'lini qattiq urishni,qur'on kassetalarini sindirib tashlashni,u eshitadigan ma'ruzalarni yondirib yuborishni boshladi. Bir kuni Majid otasini namozga uyg'otish uchun xonasi eshigini taqillatdi.Ota eshikni ochib yuziga shapaloq tushirganda unga qarab jilmaydi va namoz o'qishlik uchun ketdi. Shunda ota bildiki agar o'g'lini hozirgi tanishlaridan uzoqlashtirsa o'g'li yana avvalgidek musiqa eshitadi yana har xil qizlar bilan tanishadi yana avvalgidek odobsizliklariga qaytadi.. U masjid imomining oldiga borib qattiq ovoz bilan "Nega o'g'limni buzdingiz"? deb so'radi.Imom jilmayib: "Biz sizning bolangizni buzmadik, balki unga haq yo'lini ko'rsatdik, yaxshiliklarni o'rgatdik va u haqni topdi hozir o'g'lingiz qur'ondan olti pora yodlagan namozlariga haris" dedi. Bundan battar g'azablangan ota: "Hoy ahmoq odam agar yana biror marta o'g'limni yana bir marta senlar bilan yurganini yoki birorta darslaringga qatnashganini bilguday bo'lsam hollaringga maymunlar yig'laydi" deb baqirdi. Va shayxni yuziga tupurdi.. Shayx kulib sizdan Alloh rozi bo'lsin. Robbim o'zi hidoyat bersin dedi va soqolini artib masjidga kirib ketdi.. Oradan kunlar o'tdi Majid otasiga yaxshi muomalasini orttirdi unga go'zal xulqini ko'rsatishga hizmatiga har doim tayyor ekanligini bildirishga harakat qildi.Lekin ota bu harakatlardan battar tutaqib ketardi.. Majidni fisqu-fasodda mashhur bo'lgan bir amakivachchasi bor edi.. Otasi shu amakivachchasi bilan gaplashib uni hozir yashayotgan bu hayotdan uzoqlashtirish uchun birga safar qilishga ko'ndirdi.. Amakivachchasi Majidni oldiga kelib "Ajoyib yangilik sen va men ikkalamiz Ispaniyaga boramiz,, Ispaniya avvalgi Andalus, Islom poytaxti ikkalamiz ziyorat qilib kelamiz" deb uni ishontirdi.. Endigini islomni o'rganishni boshlagan bechora bu gaplarga shundoqqina ishonib hursand bo'ldi va safar tayyorgarliklarini ko'ra boshladi.. Majidni otasi bilet, viza, u yoqda yashash harajatlarini hammasini o'z bo'yniga olgandi.. Majid va uning amakivachchasi qayg'ular samolyotida Madrid tomon uchib ketishdi. U yerda esa hisob-kitoblarida bo'lmagan ishlar boshlandi.. Atrofi tungi klublar va "dam olish" joylari bilan to'lgan bir mehmonxonaga joylashishdi. Amakisining o'g'li bu klublarga tushardi.. Majid esa bunday joylarga sherik bo'lishdan bosh tortar, faqatgina ba'zida ertalab shahar aylangani chiqib turardi.. Lekin yarim yalang'och ayollar rasmlari fitnalar va qo'shiqlarning ko'pligi unga o'z ta'sirini o'tkaza boshladi.. Kunlar o'tib Majid mehmonxonada o'qib yurgan namozini tark etdi.. Erta-yu kech qaytarib yuradigan duolarini unutdi.. Lablari oy davomida tinmasdan chekilgan sigaretlardan qorayib tungi bedorliklardan yuzlari sarg'aya boshladi.. Amakisini o'g'lini yuziga ayyorona tabassum o'rnashdi u ishlatgan xiyla o'z natijasini ko'rsata boshlayotgandi.. Bir kuni tungi klublarning birida u Majidga bir miqdorda giyohvandlik moddasi aralashtirilgan sigaret tutdi.. Majid uni oldi, oldi-yu zulmatlar qudug'iga yiqildi.. Esingizdami imoning orqasida turadigan o'sha go'zal yuz.. Chiroyli tabassum.. Majid o'ziga odat qilib olgan ajib bir sukunat.. Esingizdami Majidni soqolini ziynatlab turadigan kichkinagina "soch"chalar.. Bularning hammasi sarobga aylandi.. Ko'zlarning atrofidagi qoralik, uyqusizlik, giyohvand moddalar, zino, raqqosalaru namozlarni yo'qotib borish... Majid har har zamonda otasiga telefon qilib undan pul talab qilardi.. Ota esa o'g'lining o'zgargani uchun, xursandlikdan uchib ketay derdi.. Amakivchchasi esa Majidni otasidan o'g'lining giyohvandlik asiriga aynayotganini yashirardi.. Hol shu darajaga yetdi-ki amakisini o'g'li endi Majidni bu yo'ldan qaytarish uchun Madrid ko'chalarida yugura boshladi.. Ahlatxonalar, ko'priklarni osti, tungi klublar. Majid mehmonxonadan bir necha marta qochib ketdi, har safar qidiruv berish orqali topilardi.. Zulmatli kechalarning birida, ko'prik ostida, soat ertalabki to'rt edi, Majid odatdagidek yangi ninani qo'liga urish bilan band edi.. Birdan.. O'ziga tanish bo'lgan ovozni eshitdi.. "Ashhhadu allaa ilaha illalloh.. Ashhadu anna Muhammadar rosululloh... Hayya alas solaa.... Hayya alas solaah..." Majid: "Bu nidoni avval ham eshitganman" dedi.. Ko'z oldidan go'zal manzaralar tungi kino lavhasidek tez o'ta boshladi.. Masjid.. Masjidning imomi.. Uning chiroyli soqoli.. Masjiddagi o'zi yaxshi ko'rgan burchak.. u doim shu yerda o'tirib qur'on tilovat qilardi.. Masjidning oldidagi xovli.. U yerda doim go'zal suhbatlar ostida iftorlik qilardi.. Xonasi.. Joynamoz.. Go'zal onasi.. Va bundan boshqa ko'p tasvirlar.. Xozir esa.. Odamlar ko'zidan yashiringan.. Qo'rqinchi ko'prik ostida.. holsiz.. Badaniga o'ldirguvchi zaharning yangisini ekish bilan band... Uni iymon nidosi chaqirardi.. Turishga harakat qildi.. Lekin badaniga hozirgina yuborilgan "igna" kuchi uni yengdi.. Xushsiz yerga yiqildi. To'rt kundan so'ng amakisini o'g'li uni topdi, qiyinchiliklar bilan kasalxonaga olib bordi, yordam choralarining bir qismi o'tdi.. Majid " Iltimos menga "igna beringlar" deb baqirardi.. Viza muddati tugadi.. Amakisini o'gli uni Vatanga qaytishga ko'ndirishga harakat qila boshladi.. U Yo'q mening otam yo'q, mening oilam yoq', mening Vatanim yo'q!! Meni Vatanim, meni otam, meni oilam chorak kilo "oq poroshok" deb baqirardi.. Politsiyachilar yordamida uni majburlab samolyotga chiqarishdi.. Vatanda esa.. Otasi juda ham xursand, aeroportda yuragi sog'inchlarga to'lib o'g'lini kutib turardi.. Uzoqdan jiyanini ko'rdi, yonida g'alati kiyim kiygan sochlarini g'alati ranglarga bo'yab olgan jiyaniga suyanib turgan kimdir bor ekan.. "Bu kim bo'ldi ekan" deb o'ylab turganda Majid uni oldiga kelib bor kuch quvvati bilan yuziga shapaloq tushirdi... Daxshatdan qo'rqib ketgan ota baqirdi " Kim bu?? Shu meni o'g'limmi?? Yo'q, yo'q bo'lishi mumkin emas(!) mening o'g'lim oppoq chiroyli edi.. Unga nima qildi nega qorayib ketgan?? Aeroportda jiyanini ura boshladi.Bolamga nima qilding?? Qani meni o'g'lim?? Uni nima ahvolga solding"? Jiyani esa:" Yo'q, amakijon bu yo'lni uni o'zi tanladi.. Uni o'zi giyohvandlikni hohladi" derdi.. Majid otasini ko'p urdi.. onasini tillalaridan ko'p martalab o'g'irladi.. otasi uni davolashga harakat qildi.. Shaxsiy kasalxonalarda davolattirdi.. Lekin foydasi yo'q edi.. Tijorati sekin asta sindi.. Ota endi o'glining baqirishlaridan, pul berishi uchun pichoq ishlatib po'psa qilishlaridan qattiq qo'rqa boshladi.. Qo'rqqani uchun o'g'liga yashirincha giyohvand moddalar sotib olib berib turdi. Kunlardan bir kun Juma namozidan so'ng.. Bechora ota masjid imomi oldiga bordi. Unga:" Meni kechiring, men sizga yomon muomala qildim, odobsizlik bilan gaplashdim, yuzingizga tupurdim, iltimos meni kechiring, lekin hozir o'g'lim giyohvandlik asiriga aylandi.. Sizlardan iltimos uni menga qaytarib beringlar, toza qalbli oppoq yuzli o'g'limni qaytaringlar iltimos.. Uni avvalgiday namoz o'qiydigan qilib beringlar.." deb yalindi.. Shayx unga qarab jilmaygan holda:" Ey Majidning otasi Ollohga ishonch bilan duo qiling.. Hidoyat faqat uning qo'lida".. dedi. Bu uchrashuvdan ikki hafta o'tib.. Zulmatli tunlarning birida.. Majidning ota-onasini janozalari edi.. Ularga o'sha masjidda namoz o'qildi.. Majid giyohvand moddalar olib berishga pullari bo'lmagani uchun ularni bo'g'ib o'ldirgandi.... Majid zindon o'rtida qo'llari bilan yuzini to'sib olgan holda: " Nega dadajon? Nega bunday bo'ldi dadajon?? Nega menga bunday qildingiz? Axir Islom sizni farzandlaringizga mehribon bo'lishga o'rgatmaganmidi"? derdi!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 7