Or qiladi kalta ko'ylak kiymas sira, Gul yuzini turli bo'yoq qilmas xira, Xayosi bor, ibosi bor ko'zlarida, O'zbegimning chin muslima qizlarida Ozodadir o'zishining sarishtasi, Yelkasida raxmat yozar farishtasi, Shirinkalom bo'lar doim so'zlarida, O'zbegimning chin muslima qizlarida!
Shukronasi, ibodati joyidadir, Xar azonda joynamozning poyidadir, Qur'onnuri balqib turar yuzlarida, O'zbegimning chin muslima qizlarida.
Нет комментариев