Moskvadagi qurilish ob’yektida 200 metr balandlikda ishlayotgan kran operatori ish kabinasida joni uzildi. “Shot” telegram kanalining xabar berishicha, ish joyida vafot etgan kranchi 44 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Qutqaruvchilar o‘zbekistonlikning jasadi oldida shprislarni topganini iddao qilgan. Migrantning badanida esa igna izlari topilgani aytilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirning o‘limiga giyohvand modda sabab bo‘lgani aytilgan. Jasad 4 soat davomida kran kabinasida ichida qolib ketgan.
Moskvadagi “High life” majmuasida ishlayotgan migrant kranchi 200 metr balandlikda ishlayotib o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan. Ishchi aloqaga chiqmayotganidan xavotir olgan hamkasblari uning oldiga ko‘tarilishga harakat qilishgan. Biroq uddalay olishmagan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar kran kabinasiga ko‘tarilganida muhojir o‘lik holda topilgan.
Avval kran operatori issiqdan vafot etgani taxmin qilingan edi. Chunki Moskvada bir necha kundan beri g‘ayritabiiy issiq havo kuzatilmoqda, 3-iyul kuni termometr +34 darajagacha ko‘tarilishi haqida xabar berilgan.
Hamyurtlarimizga issiq havoda ehtiyot bo‘lish, ko‘proq suyuqlik ichish, derazalarni ochiq holda qoldirish, ventilyatorlardan foydalanish va bosh kiyimsiz quyoshda turmaslik kerakligini eslatib o‘tamiz.
Migrant.uz tahririyati bilan bog'lanadigan ko'cha tozalovchilari (dvorniklar) yo'llarda to'plangan suvni tozalashda ham ishlashlarini ta'kidlashadi, Orangizda shunday muhojirlar bo'lsa ish jarayonidan videolaringiz bilan bo'lishing.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7