etgan edi. Faqat uning o'zi bu
go'zallikni ko'ra olmasdi. Qiz
dunyoga ko'zi ojiz bo'lib
kelgandi. Shunga qaramasdan
dunyo go'zalliklarini ko'rish
baxtidan bebahra qolgan qizga
boshqa bir baxt nasib etdi:
sevish-sevilish... Yigit uni behad
sevardi. Unga turmushga
chiqish taklifini aytib
charchamasdi. "Qachonki sizni
ko'zlarim bilan ko'rsam, keyin
mayli, turmushga chiqaman", -
derdi qiz har doim. Ne baxtki bir
kuni shifoxonadan unga donor
topildi va qizning közini
operatsiya qilishdi. Operatsiya
muvaffaqqiyatli o'tdi, endi qiz
nafaqat o'z go'zalligini balki
dunyoning bor ajib
go'zalliklarini, osmonni, gullarni
va eng muhimi, sevganini ko'ra
olardi. U yigitni topdi, ammo
bilsa yigitning ham xuddi u kabi
ko'zlari ojiz ekan. Yigit boshini
egganicha so'radi: "Endi meni
ko'ra olasan, menga turmushga
chiqasanmi?" Uning ko'rligini
bilgach xafsalasi pir bo'lgan qiz
javob berdi: "Biz baxtli
bo'lolmaymiz, axir sen ko'rsan..."
Yigit achchiq jilmaydi va ma'yus
ovozda gapirdi: "Mayli, endi
oramiz ochiq... Men har doim
baxtli bo'lishingni istaganman.
O'zingni va...mening ko'zlarimni
ehtiyot qil...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев