〽️ Yozma ravishda fikrlang. Qog‘ozga ko‘chirilmagan maqsad, mavjud emas.
Albatta "ORZU-MAQSAD" daftarini tuting!
〽️ Maqsadlarni aniqlik bilan qo‘ying va nima, qayerda, qachon, va qanday qilib savollariga javob bering.
〽️ Maqsadni vaqtda cheklang: Ya’ni ularga muddat qo‘ying! Erishilish vaqti noma’lum bo‘lgan maqsad – bu orzudir. Muddat qo‘yganingizda u maqsadga aylanadi va sizni harakatga keltiradi.
〽️ O‘ylab ko‘ring, maqsadingizga erishishingiz, sizdan boshqa yana kimga foyda keltirishi mumkin?
〽️ Maqsadingizni tasdiq shaklda, hozirgi zamonda ifodalang.
〽️ Maqsadingizni yanada kichikroq maqsadchalarga bo‘ling, maqsadga erishishning batafsil ssenariysini tayyorlang.
〽️ Maqsadingizga erishish yo‘lidagi har bir hatti-harakatingiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling.
〽️ Maqsadingizga erishishda oraliq natijani aniqlab oling.
〽️ Maqsadingiz haqida o‘ylang, unga erishish vositalari haqida emas.
〽️ Maqsadingizning oxirgi nuqtasini belgilang va u tomon yuring.
〽️ Maqsadingizga erishgan kelajak obrazini yarating va bu obrazni eslab qoling.
〽️ O‘zingizni go‘yoki muvaffaqiyat kafolatlanganday tuting.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев