Iltimos, xohlagan paytda qaytib kelishing
mumkinligini unutma. Bir gap bo’ladigan bo’lsa, qo’ng’iroq qil... Men darhol yetib
boraman!
― Xavotir olmang, hammasi yaxshi bo’ladi. Sizni yaxshi ko’raman oyijon.
Onam meni mahkam bag’riga bosib, o’pdi shundan keyin yuklarimni topshirgani
ketdim.
Demak, oldinda Sietlgacha to’rt soatlik parvoz. Keyin boshqa samolyotga o’tib,
yana bir soat Port-Anjelesgacha uchish va nihoyat Forksgacha bir soat mashinada yo’l
bosishim kerak! Parvoz qilish yoqardi lekin bir soat dadamning mashinasida yo’l
bosishni o’ylasam, yuragim siqilardi.
Dadam u bilan yashashga qaror qilganimdan chin dildan quvonib, kutib oldi. Meni
mahalliy maktabga yozdirib qo’yishga ham ulguribdi, bitta mashina topishga ham vada
berdi. Muammo shunda ediki, men ham dadam ham so’zamol emasdik. Umuman
olganda o’zaro muhokama qiladigan mavzumizning o’zi yo’q edi. Albatta, Finiksdan
ketish haqidagi qarorim uni hayratga solgandi, chunki u ham seryomg’ir Forksni
yoqtirmasligimni bilardi. Port-Anjeles meni sharros yomg’ir bilin kutib oldi. Men
yomg’irni yomon alomat deb emas, balki odatiy hol deb qabul qildim. Chunki quyosh
bilan endi xayrlashish kerakligini bilardim.
Dadam meni olib ketgani patrul mashinasida kelgandi. Shunday bo’lishini
oldindan bilgandim. Chunki butun Forks shaharchasi uchun dadam - politsiya shefi
Svon. Shu sabab ham iqtisodiy tomondan qiynalsam-da, shaxsiy avtomobilim bo’lishini
istagandim. Chunki shahar bo’ylab chirog’i lipillaydigan mashinada yurishni
istamasdim. Samolyot zinasidan tusha yotib, sirpanib to’g’ri dadamning qo’liga borib
tushdim.
― Seni ko’rganimdan xursandman, Bella, - dedi dadam meni sekin yerga
qo’yarkan. - O’zgarmabsan. Onang yaxshi yuribdimi?
― Onamning ishlari joyida. Men ham sizni ko’rganimdan xursandman, dada.
Nima haqida gaplashishni bilmay bir zum tek qotdik.
Yuklarim kam edi. Chunki Arizonada kiygan kiyimlarim Vashington uchun to’g’ri
kelmasdi. Onam bilan iloji boricha ko’proq issiq kiyimlar xarid qilishga urindik. Lekin
baribir kiyimlarim yetarli emas edi.
― Senga zo’r mashina topib qo’ydim, narxi ham yomon emas! - dedi dadam
o’rinddiqqa joylashganimizdan so’ng.
― Qanaqa ekan? - aniqlik kiritgim keldi. Uning "zo’r" degani shubhali tuyuldi.
― Umuman olganda, pikap, "shevrole".
― Qayerdan topdingiz?
― La-Pushlik Billi Blek esingdami?
La-Push bu hindular yashaydigan hudud bo’lib, sohilda joylashgandi.
― Yo’q.
― O’tgan yili yozda hammamiz baliq oviga borgandik, - eslatdi dadam. - Endi u
nogironlar aravachasida, rulga o’tira olmaydi. Shu sabab pikapini arzonga sotdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
Android versiyasini talimga yuklab öqishni boshlagan edim 6 bolimga keganda örtasida 21 bolimga otib ketgan yomon alam qilgan edi shunda