2012-yilning 31-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida ikkita yangi – “Madaniyat va ma’rifat” hamda “Dunyo bo‘ylab” telekanallari o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu yirik loyiha Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 30-iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini kengaytirish, ulardan to‘liq formatda foydalanish, sifatli to‘ldirish va xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida bo‘lib o‘tgan brifingda mazkur yangi kanallarning mazmun-mohiyati va o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. “Madaniyat va ma’rifat” telekanali ijodkorlarining asosiy maqsadi Prezidentimiz rahnamoligida milliy madaniyatimizni asrab-avaylash, rivojlantirish, aholining madaniy va ma’rifiy saviyasini yanada oshirish borasida olib borilayotgan ulkan ishlarni keng targ‘ib qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda ilmiy kashfiyot hamda bilim olishga, madaniy qadriyatlarga qiziqishni kuchaytirish, ilmiy-ommabop va madaniy-ma’rifiy teledasturlarni yaratish, raqamli va multimediali texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining madaniy va ilmiy hayotiga oid muhim voqealar to‘g‘risida aholini har tomonlama xabardor qilib borishdan iboratdir.
”Dunyo bo‘ylab” telekanali esa xalqaro hamjamiyat va mamlakatimiz aholisiga O‘zbekistonning noyob turistik salohiyati, ekologik turizmning imkoniyatlari va rivojlanish darajasi haqida keng ma’lumot berish, ilmiy-ommabop hamda ma’rifiy dasturlarni tayyorlash, ularni xorijiy kanallarda tarqatish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Tomoshabinlar ushbu kanal orqali, tarix, geografiya va dunyo mamlakatlari hayoti, jahon xalqlarining o‘ziga xos an’ana va madaniyati, nabotot va hayvonot olami haqida ham xabardor bo‘lib boradi.
Mazkur telekanallarning ishga tushirilishi mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, xususan, elektron ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tiborning yana bir bor yorqin tasdig‘idir
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев