Katta farzandini emizayotgan ayol homilador bo'lib
qolish hollari ko'p uchraydi. Qo'lida 1 yoshga
to'lmagan chaqalog'i bor ona emizishni ham
to'xtatishni istamaydi, homilasini ham saqlab
qolish niyatida bo'ladi. Homiladorlik davrida bolani
emizish mumkinmi?
Ha, mumkin, lekin hammaga ham emas.
Emizish jarayonida ayol gipofizida oksitotsin
moddasi ishlab chiqariladi. Bu modda tug'ish
jarayonida bachadon mushaklarini qisqarilishini
chaqiradi. Lekin homiladorlikning o'rtacha 20
haftasiga qadar bachadon asab toq'imalari
oksitotsinga befarq bo'ladilar, shuning uchun bu
darvgacha emizishni to'xtatmaslik mumkin. Ammo
homiladorlik muammolar (homila tushish xavfi,
yo'ldosh patologiyalari yoki homiladorlik
yakunlanishiga olib keluvchi boshqa noxush
faktorlar mavjudligi) bilan kechayotgan bo'lsa, u
holda homiladorlikni saqlab qolish maqsadida
bolani emizish mumkin emas.
Ba'zi ayollar homiladorlikning oxirigacha bemalol
katta farzandini emizib, yangi chaqaloq tug'ilganda
ham ikkalovini birgalikda egizaklar singari
emizishda davom etaveradi. Bundan homilaga ham
katta farzandga ham hech qanday ziyon
bo'lmaydi. Faqatgina homiladorlik kechishini
ginekolog yaxshi nazoratga olishi darkor.
Homiladorlikda biron bir muammo yuzaga kelsa,
emizishni to'xtatish masalasi ko'riladi.
Homiladorlik yaxshi kechayotgan bo'lib, shifokor
bilan maslahatlashgan holda emizishni davom
ettirishni rejalashtirgan ayol quyidagilarni bilib
qo'yani yaxshi:
1. Ovqatlanish tarzi
Homilador ayol to'g'ri va foydali ovqatlanishga
muhtoj bo'lsa, emizuvchi ayol ham mukammal
ovqatlanishi zarur. Demak, homiladorlik payti
emizayotgan ayol uchun ovqatlanish ratsioni juda
mukammal, balanslashtirilgan va foydali
moddallarga boy bo'lishi maqsadga muvofiq
bo'ladi. Asosiysi, ko'p yeyish emas, balki vitamin
va foydali mikroelementlarga boy yeguliklardan
yeyish hisoblanadi (batafsil bu yerda o'qing).
2. Katta farzand psixikasi
Agar ayol yangi chaqaloq tug'ilganida katta
farzandini emizmaslik yo'lini tanlagan bo'lsa, u
holda katta farzandni ko'krak sutidan yangi
chaqaloq tug'ilguncha asta-sekin ajratish kerak.
Muhimi shundaki, katta farzand "Yangi chaqaloq
tufayli men ko'krak sutidan mahrum bo'lyapman",
degan psixologik stressga duchor bo'lmasligi. Bola
kichkina bo'lsa ham, ruhan u hamma narsani
tushunadi. Shuning uchun katta farzand ko'krak
sutidan ajratilsa ham, unga mehr va e'tibor
yanada ko'proq berilishi lozim. Imkoniyat bo'lib,
salomatlik tomondan hech qanday qarshiliklar
yuzaga kelmasa, katta farzandni 1 yoshiga qadar
emizish foydali bo'ladi.
3. Dam olish
Homiladorlik davri juda mashaqqatli davr. Bu
davrda qo'lida yoshi 1ga bormagan farzandi bor
ayolga jismonan juda qiyin bo'ladi. Shuning uchun
homiladorlik davrida emizishni rejalashtirayotgan
ayolga dam olish uchun uyda yetarlicha sharoit
yaratib berish darkor. Kerak bo'lsa, uni uy
ishlaridan xoli qilish talab etiladi. Axir hozir eng
muhimi, katta farzand jismoniy va ruhiy
salomatligi va sog'lom homila rivojlanishidir.
Quyidagi holatlar homiladorlik davrida emizishni
to'xtatishga sabab bo'lishi mumkin:
Homilador bo'lib qolgan ayolning yoshi kattaligi;
Ayolda surunkali kasalliklar mavjudligi;
Hozirgi va bundan oldingi homiladorlik davrida
muammolar yuzaga kelishi;
Toksikoz;
Gestoz;
Analizlar natijasi normadan tashqarida bo'lishi
(masalan, gemoglobin darajasi pastligi homilaga
salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, emizish esa bu
ko'rsatkichni yanada pasaytiradi va boshqalar);
Ko'krak uchi sezgirligining oshishi (homilador ayol
ko'kraklari juda sezgir bo'lib qoladi, bu emizish
davomida og'riq va noqulayliklar keltirishi
mumkin);
Ko'krak suti mazasining o'zgarishi (ba'zi
emizayotgan ayollarda homiladorlikning 2
trimestrdan so'ng ko'krak suti mazasi o'zgarishi
kuzatiladi, bunda bolaning o'zi ko'krakdan bosh
tortishni boshlaydi).
Ba'zi shifokorlar homiladorlik yuz bergani
aniqlansa, emizishni darhol to'xtatishni tavsiya
qiladilar. Bunday qilishga haqiqiy asos borligiga
amin bo'lish kerak. Agar bola 1 yoshdan oshgan
bo'lsa, u holda shoshilmasdan bolani qiynamay
asta sekinlik bilan sutdan ajratish unga ziyon
keltrimaydi. Lekin 1 yoshga to'lmagan chaqaloq
ko'krak sutiga, onaning mehrga to'la bag'riga
jismonan va ruhan juda muhtoj bo'ladi. Shuning
uchun homiladorlik yuz bersa, emizishni to'xtatish
yoki to'xtatmaslik haqida qaror qabul qilishdan
oldin hamma tomonlarni inobatga olib bir xulosaga
kelish zarur
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3