Indoneziyada nikohsiz jinsiy aloqani taqiqlovchi qonunga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
O‘n minglab indoneziyaliklar nikohsiz jinsiy aloqani taqiqlovchi qonunga qarshi mitingga chiqdi.
Norozilik namoyishlari mamlakatning qator shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Poytaxtda aholi politsiyachilarni toshbo‘ron qildi, ular bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlarni qo‘lladi.
Indoneziya rasmiylari nikohga qadar jinsiy aloqa (bir yilgacha qamoq), nikohga qadar birga yashash (6 oylik qamoq), abortlar (4 yilgacha qamoq) va qator boshqa bandlar bo‘yicha jinoiy javobgarlik joriy etilishini taklif qilmoqda.
Qonun loyihasi ko‘rib chiqilishi 24-sentabrga mo‘ljallangandi, biroq prezident Joko Vidodo buni ommaviy g‘alayonlar tufayli qoldirdi. Qonun ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq yangi sana ma’lum qilinmagan.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 1