Tumanlarda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, shuningdek, mahkumlarning jamiyatga qayta moslashish jarayonini tezlashtirish maqsadida sayyor sud majlislari o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadda, "Nilufar" MFYda jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyalari ishtirokida navbatdagi sayyor sud bo‘lib o‘tdi. Mazkur sudda tuman Ichki ishlar organlari FMB Probatsiya bo‘limi hisobida turgan 23 nafar mahkum ishtirok etdi.
Sud davomida har bir mahkumning jazoni o‘tash davridagi xulqi, qonunbuzarliklar sodir etmagani va jamiyatga ijtimoiy moslashuvi chuqur o‘rganildi. Natijada, sud qaroriga ko‘ra, 9 nafar mahkum O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi.
Bunday sayyor sud majlislari mahkumlarning ijtimoiy hayotga qaytishiga yordam berish barobarida, jinoyatchilikning oldini olish va jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga ham xizmat qiladi.
✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев