hayotiy hikoya)
Bir shifokor xikoya qiladi: Mening
bir bemorim bor edi. U yoshgina qiz
bo'lishiga qaramay saraton
kasalligiga chalingan edi. Uni
davolashga uzoq vaqt davomida
bor imkoniyatlarimizni ishga
solardik. Natijalar yaxshi
bo'layotgan edi. Shu holda kamida 5
yil yaxshi parvarish bilan
davolanishi kerak edi. 4 yil vaqt
o'tib, u mendan boshqa uzoq
shaxarga qarindoshinikiga borib
kelishga izn so'radi. Qattiq
yalinganidan yoq deyolmay,
samalyotda borish sharti bilan rozi
bo'ldim. U esa chipta ololmay
avtobusda yolga chiqibti.
Avtohalokat tufayli 6 soat sovuqda
qolib ketgan. Shamollash suyak va
boshqa a'zolarga o'tib ketgan. Uni
uyiga olib keldik. Judayam oz umri
qolgan edi. Kerakli dorilarni qabul
qilib yotar edi men har kuni undan
xabar olar edim. Hatto gapira olmay
qolgandi, arang bo'g'inlarni
chiqarardi. Rahmim kelib unga
bildirmay yig'lab olardim. Bir kuni u
"...men ..siz ..dan xafa ..man" dedi.
Men nega deb so'radim. "menga
islomni o'rgatmapsiz" degan
ma'noda arang so'zladi. O'zimni
aybdor xis qildim. Aytdimki, buni
chin qalbdan o'rganish kerakda. U
"o'rgating" dedi. Shundan boshlab
bilganimcha bir chekadan iymon va
islom tushunchalarini o'rgata
boshladim. Bir kuni aytdiki: - Men
o'lim vaqtida nima deyishim kerak?
Men aytdim, senga shaxodat
kalimasi qiyinlik qiladi, "Alloh,
Muhammad" desang yetarli.
Shunday qilsam jannatga
kiramanmi? Ha albatta deb javob
berdim. Bir kuni unga qarab
turadigan ayol telefon qilib, odatiy
uyqi dorisini ichmayotganidan
shikoyat qildi. Tezda uyiga borib
nega bunday qilding dedim va
javob eshtib ko'zim yoshlandi: -
uxlayotgan vaqtimda o'lim kelib
qolsa "Alloh Muhammad" deyolmay
qolamanku... So'ngi kunlari edi...
Menga aytgan oxirgi savolida, Azroil
qanaqa ko'rinishda bo'ladi dedi.
Qo'rqmagin u bir farishta, senga
chiroyli suratda ko'rinadi, deb javob
berdim. Ertasiga shoshib uyiga
keldim, afsuski kech qolibman...
Vidolashish nasib etmadi. Ko'zim
yoshlandi, ammo bir ayol oldimga
kelib uning qanday vafot etganini
aytib berganida, undan qattiqroq va
uzoq yig'ladim.. Ayol aytdiki: -
mo'jiza ro'y berdi. U birdan o'rnidan
turib taxorat qildi. Bizning voy
voylarimizga qaramasdan,
joynamoz solib 2 rakat namoz o'qib
keyin joyiga yotdi. Vafot etishdan
avval bizga shunday dedi: - Doktor
kelsa aytib qo'yinglar, Azroil u
aytgandan ham go'zalroq ekan...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
Agar iloji busa manga bitta javob yozsin