Предыдущая публикация
Bug‘doy bo‘lmas bu dunyoda somoni yo‘q,
O‘q bo‘lmaydi hech qachon ham kamoni yo‘q.
Kimlargadir kerak bo‘lmoq baxt emasmi,
Kerak bo‘lmay qolishingdan yomoni yo‘q.
Kerak qildim, lek Allohning farmoni yo‘q,
Mehrsiz ishq na davosi, darmoni yo‘q.
Sen deb yongan ko‘ngil birdan muzladiyu,
Kerak bo‘lmay qolishingdan yomoni yo‘q.
Yurak to‘la hislar edi zaboni yo‘q,
Oshno bo‘lding biron yaxshi tomoni yo‘q.
Ostonangni makon qildim himmat kutib,
Kerak bo‘lmay qolishingdan yomoni yo‘q.
Zulm karvon, tarqab kelar, sarboni yo‘q,
Sabrning ham so‘ngi boru, hamoni yo‘q,
Ming afsuski keraksizsan endi mutloq,
Kerak bo‘lmay qolishingdan yomoni yo‘q.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 25