Tiriklik gashtini sura olmayman
Maloldayin nafas olishim hatto
Yo õlib qabirga kira olmayman
Sensiz ham yashayman õlmayman ammo
Labimga begona bõlar tabassum
Tordayin ko'rinib kõzimga dunyo
Azoblab yashayman õzimni õzim
Sensiz ham yashayman õlmayman ammo
Ozordan oğrinar yuragim qahshab
Borligim sezmaysan ishongin aslo
Yashayman tirik lek murdaga õxshab
Sensiz ham yashayman õlmayman ammo
Qancha ozor bersang taqdirga yoydim
Garchi unutgansan meni bevafo
Ismingni dilimga yashiririb qõydim
Sensiz ham yashayman õlmayman ammo
Tiriklar safida bõlmayman faqat
Jonimni olmasdan jon bergan Xudo
Õldirar sen menga bergan muhabbat
Sensiz ham yashayman õlmayman ammo
Sensizlik dardida tirik bõlmayman
Sensizlik men uchun eng buyuk jazo
Mensizlik sen uchun nima bilmayman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев