Parijda bir masjidga bolakay kirib 👳♂️ imomdan so'rabdi:
- Meni onam yubordi, sizlarda o'qisam bo'ladimi?
-Bo'ladi, lekin onang qani? Avval undan ba'zi ma'lumotlarni olishim kerak, dedi imom.
-Onam tashqarida turibdilar, masjidga kira olmas ekanlar, chunki onam musulmon emaslar, , dedi bola
Imom shoshib ko'chaga chiqti va bolaning onasidan maqsadni so'radi. Ayol esa shunday javob berdi:
Taqsir, mening bir musulmon qo'shnim bor. U farzandlarini madrasaga kuzatayotganda farzandlari onasining qo'lini o'pib, boshiga suradi. Yana men shaharda birorta musulmon farzand ota-onasini qariyalar uyiga berib yuborganini ko'rmadim. Iltimos, mening bolamga ham Islomni o'rgating, shoyad bu ham menga o'shalardek munosabat qilsa.
Allohim, bizlarni musulmon qilib qo'yganing uchun o'zingga cheksiz hamdlar bo'lsin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев