yoki pastkashlik,
Hodisotga hayron qolaman,
Sizda qanday fikr bilmam,lek,
Men mebelsiz xotin olaman.
Emish epli kelinlar sepli,
Maqolinga o't tushsin,Ho'pmi?
Uyingizda bir "mujik" yo'qmi?
Men mebelsiz xotin olaman.
Erkaklari bo'lsa zardali,
Ayollari bo'lar pardali,
O'zbekka or, bu- urf sharmandali,
Men mebelsiz xotin olaman.
Qilgan emish orzu-havaslar,
O'g'lin sotib qo'ygan nokaslar,
Bo'ldi qiling, ey molparastlar,
Men mebelsiz xotin olaman.
Italyancha mebeldan ko'ra,
Kel zax yerda yotaylik , jo'ra,
Kuyov salom qilgim yo'q, sira,
Men mebelsiz xotin olaman...
Mebel olish ko'rsang gar lozim,
SHimni tez yech kiyib ol lozim,
Senga emas, she'rim, ovozim,
Men mebelsiz xotin olaman.
"Turetskiy sarpo qimapti",
Debdi "Erkak" va to'y to'xtapti,
Kuyovchak bu ishing bo'mapti,
Men mebelsiz xotin olaman.
Qiz o'stirib va tarbiyalab,
Uzatsinmi senga boj to'lab?
Insof bergin har kimga yo rab,
Men mebelsiz xotin olaman.
Bir umr it bo'lgandan ko'ra,
Bir oy itdek ishlayman jo'ra,
O'zing sotib olsang, "kayp" biram,
Men mebelsiz xotin olaman .
Uyni ko'rki parda, gilammas,
Yoki qimmat mebel bilanmas,
Xotin oling iymon bilan bas,
Men mebelsiz xotin olaman.
Donolardan oldim o'gitni,
Manglayiga bersin yigitni,
Narsaparast yigit yigitmi?
Men mebelsiz xotin olaman.
"Povut" berib qo'ysang xotinga,
Bir kun kelib solsa betinga,
Yumshoq mebel botar "ketinga",
Men mebelsiz xotin olaman.
Qaynota bir duoni qiling,
Qizingizni sepsiz olaman,
Sarposiga iymonin bering,
Mebeliga vijdonin bering,
Men mebelsiz xotin olaman.
Tingla do'stim,mendagi ohni,
Bu "urf" larni yulib otaylik,
Ummatimiz ,Rasulullohni,
Kel ,mebelsiz xotin olaylik.
SHe'rni o'qib qolsang, ertaga,
Ko'rmaslikka olma jo'rtaga,
Duxing yetsa aytchi hammaga,
MEN qo'y emas, qo'chqor bolaman,
VA MEBELSIZ XOTIN OLAMAN.
Men #challenge ni boshladim mana,
Ho'sh? bo'ydoqlar davom eting qani?
Qaytaramiz ushbu jumlani:
Men tovuqmas , xo'rrooozzz bolaman,
VA MEBELSIZ XOTIN OLAMAN.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 16
Охирги 8 қатор айниқса зўр чиқибди.
Буни бирон йигит айтиб чиқиши керак)
Ўзиям рекка чиқади бир кунда
Ҳали уйланмаган, эрга тегмаган танишларга жўнатиб қўйинг. Сигнал бўлсин...))