Ey umrim javhari davlatim Otam
Dillari quyoshdur mehribon Otam
Sizga izdoshdurman abadul-abad
Shul sabab ko'nglim shod g'rurim Otam
Bu dunyo sinovli yolg'onchi dunyo
O'tgaydur umrlar misoli daryo
Do'st degan ulfatim bo'lsada ammo
Bo'lolmas siz kabi dartkashim Otam
Sizning-la bordurman ichra keng jahon
Shukrumni e'shitsin ul buyuk Rahmon
Qalbingiz og'ritib bo'libman nodon
Doimo kechirgan rahimli Otam
Bog' ichra gurkirar chamanzor ravon
Tinmagay har nafas mehnatkash bog'bon
Mehnat ila ayladiz siz meni inson
Siz mening qo'li gul bog'bonim Otam
Bilsangiz yurarman osmonda doyim
Siz borsiz omondur ko'kdagi boshim
Shubha yuq aytarman har yerda so'zim
Tog' kabi sarviqor osmonim Otam
Joningizga jon bo'lolmas afsus bu jonim
Bo'lsa e'di berardim sizga bor umrim
Insho Olloh ko'rgaysiz gullagan bog'im
Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев