Предыдущая публикация
Yolg'izim- volidam umrini so'rdim.
Bu qanday xikmmating yo xaq taolo,
Onamni poyiga jannatni ko'rdim.
Bolam deb turguvchi har oxidaman,
Farishta vujudning titrog'idaman.
Onam bor Ollohning panohidaman,
Onamning poyida jannatni ko'rdim.
Chehrasi quyoshim taraladi nur,
Har aytgan so'zidan yaraladi dur.
Bolam deb uyg'otar har tongimda xur,
Onamning poyida jannatni ko'rdim.
Mehr-muhabbati malham mo'miyo,
Ko'hna dunyo ichra ko'hna bir dunyo.
Shodiya izlarin aylay to'tiyo,
Onamning poyida jannatni ko'rdim..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев