Ravshanbek Umurzakovning raqibi 4 raund chidab berdi
🤜🤜🤜👊👊👊💪💪💪💪👏👏👏👏
#ProfesssionalBoks #Uzbekistan #ПрофессионалБокс #Узбекистан
22 aprel kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha professional janglarda ikki nafar hamyurtimiz navbatdagi janglarni o‘tkazishdi.
61,2 kg vaznda ringga ko‘tirilgan Ravshanbek Umurzakov (2-0, KO2) o‘z hisobiga yana bitta nokaut yozib qo‘ydi. 8 raund qilib belgilangan to‘qnashuvda unga gruziyalik engilmas bokschi Merab Turkadze (5-0, KO2) raqiblik qildi.
Qiziqarli kechgan bellashuvning 4-raundida Ravshanbek chaqqon va aniq harakat qilib, jangning muddatidan oldin yakunlanishini ta’minladi.
Shuningdek, ushbu boks kechasida yana bir hamyurtimiz Sardor Muzaffarov ham nokautga erishgan edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев