#ProfesssionalBoks #Uzbekistan #ПрофессионалБокс #Узбекистан
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers” sobiq a’zosi Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi.
Nyu-Yorkdagi “Kings Theatre” arenasida bo‘lib o‘tgan jangda hamyurtimizga vengriyalik tajribali bokschi Gabor Gorbiks raqiblik qildi. Bu bokschi bu jangga qadar professional ringda 34 ta jang o‘tkazib, 24 g‘alaba (14 nokaut) va 10 mag‘lubiyat qayd etgan.
6 raund qilib belgilangan mazkur to‘qnashuvda Shahram raqibini ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov professional boksdagi ilk jangini argentinalik Nikolas Velaksesga qarshi o‘tkazib, 15 soniyada nokautga erishgan edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4