Ayrildik, ayro bo'ldi kesishgan yo'llar...
Har birimiz ketdik maqsadimiz tomon,
Sinfdosh, seni juda sog'indim yomon...
❤❤❤
Eslaysanmi sinfdosh...
Hamisha, har qanday vaziyatda ham bir-birimizni himoya qilardik...
Maktab hovlisida suv sepish o'ynardik... Darslardan qochardik...
Maktab darslaridan qochib, hayot darslariga yo'liqdik barbir...
Eslaysanmi sinfdosh...
Ilk marotaba beg'ubor qalbimizda tuyg'ular paydo bo'lganini?.. Beg'ubor bolaligimizning beg'uborlarcha muhabbati... Juda qiziq... Eslasam yuzimda tabassum paydo bo'ladi... Ammo birinchi muhabbatimni negadir aynan 25-may kuni eslayman... Gohida uni sog'inaman...
Eslaysanmi so'nggi qo'ng'iroq onlarini?..
Yuragim qinidan chiqib ketgudek dukillab urgandi o'shanda... Ko'zlarim emas, yuragim yig'lagandi... Ayriliq onlari juda og'ir bo'lgandi... Xuddi boshqa uchrashmaydigandek xayrlashgandik... Ammo hech qachon xayrlashmagandek har zamonda diydorlashib turamiz...
Sinfdosh... Sog'indim o'sha damlarni... Sen-chi??? Sog'inmadingmi???
🙃
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев