Lekin ota-onam hali bundan bexabar. Men juda kichkina, hatto olma urug'idan xam kichikroqman. Nima bo'lganda ham men borman. Buni hech kim inkor qila olmaydi. 15-oktyabr. Biroz kattalashgan bo'lsam hamki, harakat qila oladigan ahvolda emasman. Onam yuragining shundoqqina tagida joylashib olganman. 22-oktyabr. Og'zim shakllana boshladi. Bir yildan keyin men ham mazza qilib kuladigan bo'laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjud emas, deya oladi? Nonning ushog'i ham non-da, to'g'rimi? 27-oktyabr. Bugun yuragim ura boshladi. Bundan keyin hayotimning oxirigacha dukillab turadi. Uni zavq-u shavqqa to'ldiraman hali. 12-noyabr. Barmoq chiqara boshladim. Hali ular bilan sochimni tarayman, gullar teraman. Men sizga bir sirni ochay: men qiz bolaman... 20-noyabr. Bugun onam doktorga bordi. Borligimni bilib, rosa sevingan bo'lsangiz kerak-a,onajon! Yaqinda meni qo'lingizga olasiz, erkalatasiz... 13- dekabr. Endi atrofga bemalol qarayapman, faqat qorong'u joydaman, xolos. Ammo baribir baxtiyorman, yaqinda dunyo yuzini ko'raman... 24-dekabr. Onajon! Men juda sog'lom qizcha bo'laman. Tezroq dunyoga kelishni, bag'ringizda mazza qilib uxlashni xohlayman. 28-dekabr. Onajonim doktor qabuliga keldi. Voy, nimalar deyapsiz, onajon?! Rizqni Alloh beradi-ku! 29-dekabr. Eh... onajonim, nega tug'ilishimni istamayapsiz? Nega jajji qo'llarim bilan yuzingizni silashimni, sizga erkalanishimni xohlamayapsiz? Afsus... Oh! Badanim og'riyapti! Juda qattiq og'riyapti. Meni qutqaring, onajon!... Onaa...joon...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев