Adir bag'ridan ötgan eski asfalt yölda katta tezlikda ketayotgan mashina rulidagi yigitning közlari bir lahzaga yumilib ketdi. Shu onda mashina eski yöl chuqurlaridan biriga tushib ötib muvozanatni yöqotdi va yöl chetidagi tösiqni yiqitib, shiddat b-n qiyalik böylab pastga shöng'idi. Mashinaning orqa örindig'ida 2 oylik chaqalog'i b-n yoshgina ayol ötirardi. U azbaroyi qörqib ketgan bölsada, bolaning uyg'onib ketmasligi u-n ovoz chiqarmasdan pichirladi: -Ey Xudo, özing asra! Mashina qiyalikdan börtib turgan katta xarsangga urilib chirpirak bölib ketdi. Ayol esa farzandiga zarar yetmasligi u-n uni shu qadar mahkam va ehtiyotkorona bag'riga bosib olgandiki, tanasidagi og'riqlarga e'tibor ham qilmasdi. Xushini yöqotarkan ingradi: "Bolamni özing panohingda asra.." Qanchadir vaqt ötgach ona chaqaloq yig'isidan közlarini ochdi. Mashina soyda ag'darilib yotar, uning esa butun tanasi og'rirdi. Boshi qattiq yorilgan, oyoqlari singan edi. Yig'layotgan gödakka qaragan ayolning közlariga yosh sizdi: "Özingga shukr.." Ona og'riqdan shu qadar azob chekardiki, faqat chaqaloqning yig'isi uni uxlab qolishdan töxtatib turardi. U zörg'a qöllarini harakatga keltirdi. Bolani mashinaning sinib ketgan oynasidan tashqariga chiqarishga muvaffaq böldi. Harchand urinmasin oyoqlarini pachoqlanib ketgan örindiqlar orasidan chiqarolmadi. Kipriklari yumilib ketardi. Shu onda mashinani achimsiq tutun hidi tutib ketdi. Ayol sezdiki, mashinaning qaysidir qismi tutayapti. Lekin uning uxlagisi kelardi. Közini yumsa bas. Hammasi tugaydi. Og'riqlardan qutiladi. Lekin yosh töla közlari gödakka tushgach ilojsiz ingradi: "U yashashi kerak.." Ayol bir amallab oyoqlarini örindiqlar orasidan chiqarib oldi, lekin endi og'riqlar ikki hissa kuchaydi. Bir amallab tashqariga chiqdi. Oyna siniqlari uning tanasini tilib tashladi. Lekin u bunga ahamiyat bermasdi. Mashina asfalt yöldan 25-30 metr pastlikda, old tarafi esa tutun ichida qolgandi. Ayol old örindiqdagi eriga qaradi. Uning joni allaqachon uzilgan. Ayol shilinib ketgan qöllari b-n chaqaloqni quchdi. Bolani imkon qadar uzoqroqqa olib ketish kerak edi. Lekin qimirlashning iloji yöq, buning u-n unda kuch qolmagandi. "Kechir meni"- ingradi u. Uxlash kerak. Ortiq chidab bölmaydi. Onaning közlari yumilib ketaverdi. Lekin gödak yana yig'lagach ona yana besaranjom böldi. Tutun esa tobora köpayardi. Ayol bir qöliga chaqaloqni oldi, ikkinchi qöli b-n chalqancha emaklay boshladi. Og'riq... Uning közlaridan yosh, yuzlaridan qon tomchilardi: -Sen albatta yashaysan.. 20 daqiqalar ötgach singan oyoqlari qip-qizil tusga kirgan, bir qöliga tikon tölgan ayol asfalt yölga chiqib olgandi. U bolaga qaradi. Gödak uxlashga tushgandi. Unga qarab ona holsiz jilmaydi: - Sen hali uzoq yashaysan. Otang, onang u-n ham.. Uning uyqusi kelardi. Ög'lining peshonasidan öpib, közlarini yumdi. Ayni shu damda yuz bergan portlash ovozini bolaga qarab labida tabassum qotib qolgan ona eshitmadi.. Endi u xotirjam "uxlashi" mumkin edi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев