Kichkinagina, atiga ikki oylik chaqaloq özining ixchamgina krovatida uyqudan uyg'ondi. Uning oyisi ikki daqiqa oldin magazinga sut olib kelish uchun chiqib ketgandi. Chaqaloq yig'lay boshladi. U uzoq yig'ladi. Uning yonida yotgan dadasi kecha tundagi öyin-kulgudan keyin og'riyotgan boshini zörg'a kötardi va bög'ilib qolgan ovozi bilan baqirdi: "Jim böl, yig'lama!!!" Gödak töxtamasdan yig'lashda davom etdi.
Dadasi: -Uxlagani qöyasanmi yöqmi,- dediyu yonidagi yostiqni chaqaloq tomon uloqtirdi. Chaqaloq ön soniyadan söng yig'lashdan töxtadi...
15 daqiqa ötgach magazindan kelgan onasi chaqaloqning krovati yoniga kelib baqirib yubordi. Uloqtirilgan yostiq chaqaloqning ustiga tushgandi. Ona yostiqni olishi bilan hushidan ketdi. Gödak kichkina qölchalari bilan yostiqni olib tashlashga uringan, lekin buni uddalay olmagan edi. U közlari ochiq qolganicha bu dunyoni tark etgandi...
Nariroqda kechagi maishatda "charchagan" dadasi tinchgina uxlashda davom etar, endi uni hech kim va hech narsa "bezovta" qilmasdi...
Gödak hali juda kichkina, atiga ikki oylik edi. Zaboni yöqligi uchun yig'lagandi. Onasining hidiga ham töymadi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2