U ayolini juda yaxshi ko‘rar, ardoqlar edi. Kutilmaganda ayolda g‘alati kasallik boshlanibdi. Butun badaniga husnbuzar va yaralar toshib, avvalgi chiroyidan asar ham qolmabdi. Dard borgan sari avj olibdi.
Kasallik boshlangan vaqtda er safarda ekan. U qaytayotganida falokat yuz berib, ko‘zi jarohatlanibdi, ko‘rmay qolibdi. Shu alfozda er-xotin 40 yil birga hayot kechirishibdi. Vaqti-soati yetib, ayol vafot etibdi. Er bir umrlik hamrohini, vafodor, itoatli xotinini yo‘qotganidan qattiq xafa bo‘libdi.
Ayolni dafn etishgach, barcha tarqalibdi. Er ham o‘z uyiga ketmoqchi bo‘libdi. Shunda yonidagi do‘sti:
—Qayoqqa ketyapsan? – deb so‘rabdi.
—Uyimga, – javob beribdi er.
—Qanday qilib ketasan, axir birov yetaklamasa, yo‘lingni topa olmaysan-ku!
—Mening ko‘zlarim ochiq, – debdi er. – Faqat shuncha yil o‘zimni shu holga solib yurdim. Ayolimning kasali oqibatlari meni shunday yo‘l tutishga majbur qildi. U juda yaxshi ayol edi, kasalligidan xabardorligimni bilsa, butun umr qimtinib, o‘ksinib yashardi. Qalbini yaralagim kelmadi. “Erim xunukligimni bilmaydi-ku” — deya xotirjam yashashi uchun shunday yo‘l tutgandim. U qirq yil kasalligini umuman o‘ylamay, o‘ksimay yashaganidan xursandman. Whatsapp +998933244393 da gruxlarimiz bor, qöshiling.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев