Donishmandlar “Til-dil kaliti” deb
bejizga aytmaganlar. Hayotda har
bir yaxshi insonning qalbiga yo’l
topish vositasi til ekanligini
hammamiz yaxshi bilamiz.
Madomiki, shunday ekan, ona
tilini mukammal o’rganmoqning
foydasi nechog’lik katta ekanligi
barchamizga ayondir. Til-insonlar
o’rtasidagi vosita hisoblanadi.
Dunyodagi eng achchiq narsa
ham, eng shirin narsa ham til. Til
insonni o’ldirishga ham,
tiriltirishga ham qodir. Ma’lumki,
jamiki ezgu fazilatlar inson
qalbiga,avvalo, ona allasi, ona
tilining betakror jozibasi bilan
sezadi.
Ona tili-bu millatning ruhidir.
Qachonlardir biz o’x tilimizdan
ochiq-oydin foydalana
olmaganmiz. Tilimiz qaram
tillardan biri bo’lgan. Shu
qiyinchiliklardan so’ng nihoyat,
1989-yilning 19-oktabr kuni bu
o’ta muhim masala Oliy Kengash
sessiyasi muhokamasiga qo’yilda
va qariyb bir yarim asrlik
qaramlikdan so’ng
mamlakatimizda 1989-yilning 21-
oktabrida o’zbek tiliga –Davlat tili
maqomi berildi.Xalqimizning
muqaddas qadriyatlaridan biri
bo’lmish ona tilimiz o’zining
qonuniy maqomiga ega bo’ldi.
O’zbek tiliga davlat tili maqomi
berilishi respublikamiz hududida
yashovchi millat va elatlarning o’z
ona tilisidan foydalanishga zamin
yaratildi. Bu voqeadan so’ng
barcha hujjatlar o’zbek tilida
yuritiladigan bo’ldi. Bu Vatanimiz
tarixida buyuk voqea edi. Men
ona tilimiz barcha tillardan boy
deb barilla aytishim mumkin.
Chunki Alisher Navoiy bobomiz
“yig’lamoq” fe’lini 50 dan ortiq
turiga izoh berganlar. Bu tilimiz
boy ekanligidan darak emasmi ?
Ona tilim sen mening oy-u
quyoshimsan,hikmatlarga,
o’gitlarga boy tilimsan.
Go’dalikdan alla bilan qulog’imga
inib, oq sut bilan yuragimga
singan bek tilim.
Sen onamdek poksan.
Navoiy ham, Lutfiy ham seni sevib
kuylashgan.
Bulbullar ham seni aytib-aytib
sayragan.
Shoh Bobur seni o’ylab, faqat
seni so’zlagan.
Sen sababli o’zligimni
anglaganman.
Sen mening faxrim, g’ururimsan.
Zulmatlarda qolmagansan,
olovlarda yonmagan Samandar
tilimsan.
Sen millatimning ko’rki, bezagi-
san.
Sen borsanki, mana shu o’zbek
eli bor,sen borsanki ilm
bor,madaniyat-ma’rifat bor.
Bog’da gullar turli xil bo’ladi.
Dunyo bog’ga, tillar esa gullarga
o’xshaydi.
Gullarning shohi Atirgul. 3000
dan ortiq tillarning shohi esa
bizning ona tilimiz.
Ona tilimiz juda boy. Boshqa
tillardan ortda qolgani yo’q.
Yuksalib borayotgan tillardan biri.
Boshqa tillar qanchalik boy
bo’lmasin,
biz o’zbeklar uchun o’z ona
tilimiz bo’lmish o’zbek ya’ni,
turkiy til aziz-u mo’tabar. Kim
qaysi tildan zavq olmasin, men
o’z tilimdan zavqlanaman,undan
faxrlanaman.
Tilimga jon berishga ham
tayyorman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 89